11 iyu 13:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Menejer Maxachevning qachon janglarga tayyor bo'lishini aytdi
Islam Maxachevning menejeri Ali Abdel-Aziz rossiyalik jangchining 77 kg vazndagi vaziyati haqida fikr bildirdi.
Maxachev ushbu vaznda avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi chempionlik jangi o'tkazishi kutilmoqda.
"Islam aniq yutqazmaydi. U so'nggi yillardagi raqiblarini yo'q qildi. U tarixga eng buyuk jangchi sifatida kiradi. Men 100 foiz ishonaman — Islam bu yil jang qiladi. U kuniga ikki marta mashq qiladi. SHuning uchun u yaqin 3-4 oy ichida jangga tayyor bo'ladi", — dedi Abdel-Aziz Submission Radio efirida.
Havola :
Manba : Submission Radio
Fikrlar