So’nggi yangiliklar

17:59"Ортга чекинмайман, тик туриб жанг қиламан" — Моралес Пратес билан жанг ҳақида 0 17:28Жаҳон чемпионати U-17. Ўзбекистон — Испания ўйинини бошқарадиган ҳакамлар бригадаси маълум 0 16:57Арман Царукяннинг Генри Сехудо бўйича "талаби" қондирилди + ФОТО 0 16:26Агит Кабайел WBC камари ҳимояси учун рингга кўтарилди 0 15:55"Бу гўдакни менга беринг" — Цаурукян Сехудога "вызов" ташлади ва дарҳол жавобини олди 0 15:24Бразилия Либертадорес кубогидаги ғалабалар сони бўйича Аргентинадан ўзиб кетди 0 14:53Гукеш Доммараджу: "Жавоҳир билан тенг кучли рақиблармиз!" 0 14:22Жаҳон кубоги. Кундузги дастурда рингга чиққан боксчиларимизнинг барида ғалаба. Олимпиаданинг амалдаги кумуш медали соҳиби мағлуб этилди 0 13:51Жавоҳир Синдаров: "Ҳаяжондаман!" 0 13:20"Уларга ҳакамнинг бағрикенглиги қўл келди". Моуринью ҳакамни танқид қилди 0 12:49Гандбол. Осиё чемпионатида кетма-кет иккинчи ғалабага эришдик! 0 12:18RAF 15 турнирининг барча натижалари: Царукян камарини ҳимоя қилди. Сехудочи? 0 11:47Арман Царукян иштирокидаги баҳс бир дақиқадан камроқ давом этди 0 11:16Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Алавес"га мағлуб бўлди 0 10:45Бокс. Бугун Жаҳон кубогида 7 нафар боксчимиз жанг қилади 0

02 avg 07:42
Yangiliklar

Menejer UFC Roman Kopilov uchun katta rejalar tayyorlab qo'yganini aytdi

Teglar :  Roman Kopylov
UFC 291turnirida ketma-ket uchinchi nokautli g'alabasini qo'lga kiritgan rossiyalik jangchi Roman Kopilov nima uchun Klaudio Ribeyro bilan jangdan so'ng o'rta divizion reytingida oltinchi pog'onani egallab turgan amerikalik SHon Striklendga raqiblik qilganini tushuntirdi.

"Ikkalamizning jang qilish uslubimiz o'xshash. Ikkalamiz ham ajoyib zarba beramiz va odamlar stoykadagi janglarni yaxshi ko'radilar. O'ylaymanki, biz ajoyib jang o'tkazamiz. Biz o'zimizni sinab ko'rish va ko'proq narsaga erishish uchun keldik. SHuning uchun men o'z kuchimni sinab ko'rmoqchiman. Agar ligaga qiziq bo'lsa, qani ketdik!"- dedi Kopilov. 

Kopilovning menejeri Aleksandr Skaredin RB Sport nashriga bergan intervyusida rossiyalik jangchining kelajakdagi istiqbollari haqida gapirdi.

"Biz hammamiz ko'rdikki, turnir oldidan Dana Uayt kardni elon qilar ekan, bu jangni alohida ajratib, Romanni alohida tilga oldi. Mik Meynard oldimizga kelib, bizni g'alaba bilan tabrikladi va UFCʼning Roman uchun katta rejalar borligini, shuning uchun biz buni sekin-asta bajaramiz dedi.

Albatta ular Striklendni darhol berish ehtimoli juda kichik. Reytingdagi yigitlar uchun UFC ko'pincha bir nechta rejalar tuzadi. Kelajakda bu qarama-qarshilik yuz berishi mumkin. Reyting yangilagandan so'ng Romanning 15 talikka kirishini kutaman. SHaxsan o'zim uning Kris Kertis bilan jangini katta zavq bilan kuzatgan bo'lardim" - dedi menejer.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing