04 iyu 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA
"Menga Jeyk Polni boksdan yo'qotish vazifasi qo'yilgandi. Vazifani vijdonan bajardim" - Joshua
Sobiq jahon chempioni Entoni Joshua bloger va bokschi Jeyk Polga qarshi jangni ataylab oltinchi raundgacha cho'zganini malum qildi.
Ular o'rtasidagi jang 20 dekabr kuni bo'lib o'tgan va Joshuaning nokaut orqali g'alabasi bilan yakunlangan.
"Agar unga darhol kuchli hujum qilib, jang 30 soniya yoki ikki-uch raunddan keyin to'xtatilganida, menimcha, bu kerakli samara bermasdi. Menga aniq vazifa qo'yilgan edi — Jeyk Poldan xalos bo'lish va uni sevimli sportimiz bo'lgan boksdan chetlatish. Buning uchun bir raund kerak bo'ladimi yoki oltita — farqi yo'q. Menimcha, vazifa alo darajada bajarildi", — dedi Joshua Bloody Elbow nashriga.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar