17 jan 09:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Merab Dvalishvili: "Umar bilan munosabatlarimiz yaxshi edi, lekin..."
UFC chempioni Merab Dvalishvili bo'lajak raqibi Umar Nurmagomedovga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.
"Umarni yomon ko'rmayman, bu kerak emas. Ammo u tomonidan hurmatsizlik bo'lgan paytlar bo'lgan. U meni feyk chempion deb atadi, ammo men bunday emasman. U gruzincha so'zlardan foydalangandi, lekin bu gruzincha so'zlar emas. U mening mamlakatimni gapirdi!
Har safar uni ko'rganimda unga hurmat ko'rsatardim, biz yaxshi aloqalarda edik. Biz matbuot anjumani oldidan ko'rishganimizda undan so'ragandim: "Nima uchun ijtimoiy tarmoqda menga hurmatsizlik qilyapsan?". U esa: "CHunki shuni istayapman, nima qila olasan?" dedi. Keyin esa u xech qachon menga hurmatsizlik qilmaganini aytdi. Mana shuning uchun meni jahlim chiqdi", - dedi Merab Dvalishvili.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar