11 may 10:10
Yangiliklar
Futbol

Messining goli ham “Inter Mayami“ga yirik mag'lubiyatdan qutilib qolishga yordam bermadi
MLSning navbatdagi turida “Inter Mayami“ mehmonda “Minnesota Yunayted“ga qarshi bahs olib bordi.
Sent-Poleda bo'lib o'tgan bahsda mezbonlar yirik 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar safida Bongokule Xlongvane, Entoni Markanich, Robin Lod gol urdi. SHuningdek, mehmonlar himoyachisi Marselo Veygandt o'z darvozasiga gol urib qo'ydi. “Inter Mayami“ safidagi yagona golga Lionel Messi mualliflik qilgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar