11 apr 14:35
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/36770_220.jpg)
Meyvezer vs Makgregor-2. Oktagondagi jang qoidalari oshkor qilindi
Engilmas bokschi Floyd Meyvezer hamda aralash qoidalar bo'yicha UFC chempioni Konor Makgregor o'rtasida ikkinchi jangning o'tkazilishi tobora oydinlashib bormoqda.
Matbuotda jang qoidalari haqidagi xabarlar paydo bo'ldi. Unga ko'ra, har ikki sportchi oktagonga oyoq kiyimisiz chiqishadi. Qo'lqoplar odatiy MMA janglaridagi kabi bo'ladi.
Jang davomida raqibga oyoqda zarba berish mumkin emas. SHuningdek, tizza va tirsaklarni ishlatishga ham ruxsat berilmaydi. Klinch holatida kurashish mumkin.
Oktagondagi jang 5 raunddan iborat bo'ladi. Har bir raund 5 daqiqa davom etadi. Vazn toifasi Konor uchun juda ham mos bo'lgan 70 kg etib belgilandi. Hozircha jangning qachon va qaerda o'tkazilishi haqidagi malumotlar berilmagan.
Havola :
Fikrlar
MMA bn UFC nima farqi bor qoydasi bir emasmi
Xudo xolasa bular
õrtasida yana uchinchi jangni xam kõramiza( UFC qoidasi bõyicha)
Xudo xolasa bu õrtasida yana uchinchi jangni xam kõramiza( UFC qoidasi bõyicha)