So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

20 noy 07:21
Yangiliklar

Tadbirlar

Milliy antidoping agentligi tomonidan seminar o'tkazildi

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi tashkil etilgan edi.

Ayni damda, mazkur agentlik tomonidan sport federaciyalari va klublari tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga ko'maklashish, ularga sportda doping qo'llanilishining oldini olish va antidoping nazoratini amalga oshirish borasida uslubiy yordam ko'rsatish, talim dasturlarini amalga oshirish, sog'lom va halol sportning targ'iboti bo'yicha say-harakatlar olib borilmoqda.

Bunga misol qilib, Agentlik xodimlari tomonidan Xorazm viloyatidagi Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida o'tkazilgan seminarni keltirib o'tishimiz mumkin.

Seminarda Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, boshqarma tizimidagi o'quv muassasalari va sport maktablari, O'zbekiston talabalar sporti associaciyasi viloyat mintaqaviy bo'limi va sport federaciyalari mutasaddilari ishtirok etdi.

Ushbu seminar jarayonida Milliy antidoping Agentligining Dopingga qarshi kurashishni targ'ibot qilish va xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Rano Islomova, Test o'tkazish va tezkor tahlil qilish bo'limi boshlig'i Nodirjon Hoshimovlar Agentlik oldiga qo'yilgan asosiy talab, vazifalar va yo'nalishlar haqida tushunchalar berib, hamyurtlarimizga sportda doping qo'llanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda faollik ko'rsatishlari lozimligiga alohida to'htalishdi.

SHuningdek, seminarda qatnashgan Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHokir Madaminov joylarda sportchilar bilan targ'ibot ishlari yuritilayotgani, ular orasida dopingga qarshi tegishli uchrashuvlar va suhbatlar tashkil etilayotganligini aytib o'tdi.

Mazmunan boy va samarali o'tgan seminarda ishtirokchilar mutaxassislardan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing