06 may 19:53
Yangiliklar

Milliy Olimpiya qo'mitasi 30 yoshda: eng yaxshilar taqdirlandi + FOTOGALEREYA
Dastlab O'zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi SHerzod Asadov muhtaram yurtboshimizning O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi va mamlakatimizdagi Olimpiya harakati azolariga yo'llagan tabrigini o'qib eshittirdi.
Tadbirning asosiy qismida turli nominaciyalarda g'oliblar taqdirlandi:
“Olimpiadalarda eng ko'p medal keltirgan federaciya” – O'zbekiston boks federaciyasi
“Olimpiya rekordchilarini tarbiyalagan federaciya” – O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi
SHuningdek 10 yilliklar kesimida O'zbekistonning eng yaxshi sportchilari elon qilindi:
G'oliblar:
1.Mirjalol Qosimov (1991-2001)
2.Abdullo Tangriev (2001-2011)
3.Oksana CHusovitina (2011-2021)
“Olimpiya o'yinlarida eng ko'p medalga ega chiqqan sportchi” – Rishod Sobirov
“30 yillikning eng sovrindor murabbiyi” – Marat Qurbonov
“30 yillikda uzluksiz medallarni qo'lga kiritgan associaciya” – O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi
“O'zbek sportini dunyoga targ'ib qilishdagi xizmatlari uchun” – Ravshan Irmatov
“30 yillikning Eng shonli terma jamoasi” – futbol bo'yicha 1994-yilgi O'zbekiston milliy terma jamoasi
“Yozgi Olimpiya o'yinlaridagi birinchi medal” – Armen Bagdasarov
“O'zbekistonning eng yosh Olimpiya o'yinlari chempioni” – Ulug'bek Rashitov
SHu tariqa ushbu tadbirda barcha nominaciyalar o'z egalariga topshirildi. Kecha o'zbek estradasining yorqin vakillari ijrosidagi kuy-qo'shiqlar bilan davom etdi.
Tadbirdan olingan suratlarni tomosha qiling:
Fikrlar