So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

30 may 13:16
Yangiliklar

Tadbirlar

Milliy olimpiya qo'mitasi jahon chempionlarini taqdirladi

Bugun, 30 may kuni poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan CHempionlar yurt fahri tadbiri tashkil qilindi.

Ushbu tadbirda yaqinda Moskva shahrida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan yosh futbolchilarimiz, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston futbol associaciyasi Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev, Professional futbol ligasi direktori Omon G'ofurov, shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik licey o'quvchilari ishtirok etishdi.Tadbir davomida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov so'zga chiqib, yosh chempionlarimizga o'zining eng samimiy tilaklarini izxor etdi.
"Eng avvalo qo'lga kiritilgan ushbu g'alaba bilan yana bir marotaba tabriklayman. Ushbu g'alabadan barchamiz xursandmiz. Yurtimizda yaratilgan imkoniyatlar kengligidan mana shunday muvaffaqiyatlar qo'lga kiritilmoqda. Siz bugungi kun qahramonlarisiz. Tengdoshlaringiz sizlarga qarab yangi marralarga intiladilar. Kelajakda bundanda katta muvaffaqiyatlar tilab qolaman", - dedi Jasur Matchanov.

SHundan so'ng yosh chempionlarga Milliy olimpiya qo'mitasi sovg'alari - velosipedlar taqdim etildi.

Taqdirlash marosimidan so'ng "Bulbulcha" bolalar ashula va raqs guruhi o'zining chiqishi bilan yig'ilganlarning kayfiyatini hushnud etdi. So'ngra tadbir ishtirokchilari yosh chempionlarga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojat qilishdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing