So’nggi yangiliklar

19:02Жорий мавсум "Барселона" сардори ким бўлади? 0 18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0

05 apr 16:24
Yangiliklar

Tadbirlar

Milliy olimpiya qo'mitasi jurnalistlarni matbuot anjumaniga taklif etadi

Milliy Olimpiya qo'mitasi mamlakatimizda yakkakurash sport turlari bo'yicha yangi, jamoaviy musobaqalarga asos solmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5368-sonli Farmoni, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 9 martdagi “O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida”gi  PQ-2821-sonli Qarori ijrosini taminlash maqsadida Qo'mita tomonidan “Olimpiya kelajagi” nomi ostida sportning yakkama-yakka kurash turlari bo'yicha jamoaviy musobaqalar o'tkazish rejalashtirilgan.

Musobaqalar dzyudo, sport kurashlari, boks va taekvondo WTF sport turlari bo'yicha tashkil etiladi. Mazkur bellashuvlar orqali Milliy olimpiya qo'mitasi yoshlar orasida istedodli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo'yicha viloyat terma jamoalarini shakllantirish, mamlakat milliy terma jamoalariga munosib zahira yaratish, shuningdek, respublikaning barcha hududlarida sportchilarning tayyorgarlik darajasini o'rganishni maqsad qilgan.

“Olimpiya kelajagi” musobaqasi start olishi arafasida ertaga, 6 aprel kuni Milliy olimpiya qo'mitasi konferenc-zalida yuqorida nomlari sanab o'tilgan sport federaciyalar rahbariyati, murabbiylar, yulduz sportchilar va jurnalistlar ishtirokida katta matbuot anjumani tashkil qilinadi. Anjuman soat 11:00da boshlanadi. Ommaviy axborot vositalarining turli sohalarida ijod qilayotgan qalam ahlini mazkur tadbirga taklif etamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing