So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

28 iyu 07:30
Yangiliklar

Tadbirlar

Milliy olimpiya qo'mitasi OAV xodimlarini bayram bilan tabrikladi

Teglar :  MOQOAVTadbir
Olib borilayotgan ishlarni aholiga etkazib berish, uni targ'ib qilishda ommaviy axborot vositalarining tutgan o'rni juda katta.

Aynan ushbu soha vakillari sabab joylarda bo'lib o'tayotgan tadbirlar, amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar, muvaffaqiyatlar va kamchiliklardan boxabar bo'lamiz. Ommaviy axborot vositalari xalqimiz hayotiga, uning quvonch va tashvishlariga tobora yaqin bo'lib, davlat va xalq orasidagi haqiqiy «ko'prik» vazifasini bajarmoqda. Hususan, sport rivoji yo'lida ham «to'rtinchi hokimiyat» vakillarining o'rni beqiyosdir.

27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan qalam ahli uchun o'ziga xos tadbir tashkil etildi. Unda jurnalistikaning turli yo'nalishlarida, jumladan TV, gazeta, internet nashrlarida faoliyat olib borayotgan bir guruh ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi va jurnalistlarni bayram bilan tabriklab, hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini aytib o'tdi.

«Assalomu alaykum Hurmatli jurnalistlar. Bugungi bayramingiz bilan chin ko'ngildan tabriklayman. Avvalambor, ijodiy faoliyatingizda omadlar tilamoqchiman. Olib borilayotgan islohotlarni aynan sizlar xalqqa etkazib berasizlar. Buning uchun katta rahmat. Milliy olimpiya qo'mitasi sizlar bilan hamkorlikda ishlashga tayyor.

Avgust oyida Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarida ham birgalikda faoliyat olib boramiz. Vaqt ajratib tadbirimizga tashrif buyurganingiz uchun rahmat. Yana bir marotaba bayramingiz muborak bo'lsin», – dedi Umid Ahmadjonov.

SHundan so'ng qalam ahliga Milliy olimpiya qo'mitasining esdalik sovg'alari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing