So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

26 fev 19:11
Yangiliklar

Tadbirlar

Milliy olimpiya qo'mitasida belbog'li kurash vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun, 26 fevral kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston belbog'li va bel olish kurashi vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Unda Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov, MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanovlar ishtirok etishdi.

 

 Yig'ilishda shuningdek, xalqaro belbog'li kurash federaciyasi prezidenti Rustam Isoqov ham qatnashdi. Kun tartibidagi asosiy masala kurash federaciyalari o'rtasida do'stlik aloqalarini mustahkamlash, hamkorlikni kuchaytirish va bir maqsad yo'lida birlashish tizimini ishlab chiqishdan iborat edi.

CHunki, sizga yaxshi malum, kurashning bir qator turlari bo'yicha federaciyalar mustaqil ravishda faoliyat yuritadi. Belbog'li kurash, bel olish kurashi, milliy kurash, sirim kurashi, shuningdek, sport kurashlari (erkin va yunon-rum kurashi). Umuman, yakkakurashlarda sport federaciyalari ko'pligini hisobga olib, MOQ qoshida Umid Ahmadjonov tashabbusiga binoan sharq yakkakurashlari departamenti tashkil qilinmoqda. Ushbu federaciyalarning barchasi ana shu departamentga azo bo'lishi lozim. 

 

 Uchrashuvni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad ishni to'g'ri tashkil qilish, natijalar samaradorligini oshirish tizimini yaratish va xar bir kurash sport turlarini bitta maqsad sari birlashtirish, pirovardida esa Olimpiya terma jamoalari uchun munosib kurashchilar, polvonlar etishtirib berishni taminlashdan  iborat edi. Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov federaciya vakillaridan, murabbiylaridan ularni qiynayotgan muammolar haqida so'radi. Ular ham o'z navbatida sport turlarini yanada rivojlantirish bo'yicha takliflar bildirdilar. SHuni alohida takidlab o'tish lozimki, uchrashuvda federaciyalar faoliyati tanqidiy ruxda ko'rib chiqildi. Bundan buyon mamlakatda sport taraqqiyotiga to'sqinlik qiladigan, halal beradigan shaxslarga xalqaro meyoriy hujjatlar asosida sankciyalar qo'llanilishi, tegishli choralar ko'rilishi, hattoki umrbod sportdan chetlatish tizimi ishlab chiqilayotganini ham MOQ Prezidenti malum qilib o'tdi. Bu borada huquqshunoslar xalqaro normalar asosida tegishli meyoriy hujjatlarni tayyorlashmoqda.

 

 "Bundan buyon sportimiz rivojiga to'sqinlik qiluvchi "mutaxassislar"ni qattiq jazolaymiz. Buning uchun xalqaro talablarga mos keladigan alohida meyoriy hujjat ishlab chiqilmoqda", - dedi MOQ Prezidenti.

 Maqsad bitta: yakdil oila bo'lib, o'zbek sporti rivojini taminlash, mamlakatimiz sportining obro'sini jahonda ko'tarish va eng muhimi Olimpiya o'yinlariga qadar munosib sportchilarni terma jamoalarimizga etkazib berish.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing