So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

19 sen 11:36
Yangiliklar

Tadbirlar

Milliy olimpiya qo'mitasida “Bir jamoa” videoklipining taqdimoti bo'lib o'tdi

Teglar :  MOQO'zbekistonVatan
Milliy olimpiya qo'mitasida joriy yilning 6-13 oktyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo'lib o'tadigan navbatdagi ParaOsiyo o'yinlariga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi.

Klip namoyishi oldidan taniqli qo'shiqchi va rejisser, estradamizning yorqin yulduzlaridan biri Lola so'z olib, shunday dedi:

“Milliy olimpiya qo'mitasi, Paralimpiya associaciyasi va maktabgacha talim vazirligidan ushbu loyihani amalga oshirish bo'yicha taklif tushgach, ikkilanmasdan uni qabul qildim. CHunki bu men uchun yangi chorlov, o'ziga hos chaqiriq edi. 

Men klipda zamonaviy superqahramonlarni, barcha qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan, irodasi mustahkam insonlarni aks ettirishni hohladim. Loyihada Rano SHodievani hisobga olmaganda birorta professional akterlar xizmatidan foydalanmadik. 

Aksincha, O'zbekiston paralimpiya terma jamoasi sportchilarini tasvirga olish ishlariga jalb qildik. Ular chindan ham qahramonlar. Bugun ushbu klipni tomosha qilib bunga o'zingiz ham amin bo'lasiz. Ularda nihoyatda mustahkam iroda, sabr-bardosh, xayotga bo'lgan ishonch va umid mujassam. Men biz bilan ushbu loyiha ustida ishlagan barcha-barchaga o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman. O'ylaymanki, “Bir jamoa” loyihasi muxlislarga manzur keladi”.

Loyihada aytib o'tganimizdek, paralimpiyachi sportchilar, nufuzli xalqaro turnirlar g'oliblari qatnashishgan. Ular videomahsulot davomida o'z harakatlari bilan har qanday qiyinchilikni engib o'tish mumkinligi va muvaffaqiyatga etaklovchi yo'l og'ir ammo sharafli ekanligini namoyish etib berishadi. 

Takidlash lozimki, mazkur ijtimoiy loyiha qo'pgina paralimpiya sportchilari, imkoniyati cheklangan insonlar uchun yaxshigina motivacion xarakterga ega va yaqinda start oladigan ParaOsiyo o'yinlarida paralimpiyachilarimiz kuchiga kuch, g'ayratiga g'ayrat qo'shib, ularni yangidan yangi g'alabalar sari chorlashi shubhasiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing