So’nggi yangiliklar

19:02Жорий мавсум "Барселона" сардори ким бўлади? 0 18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0

02 mar 15:32
Yangiliklar

Tadbirlar

Milliy olimpiya qo'mitasida kelajagimiz egalari ishtirokida yangi loyihaga asos solindi

Bugun, 2 mart kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan 38-sonli maktabgacha talim muassasi tarbiyalanuvchilari Milliy olimpiya qo'mitasida mehmon bo'lishdi.

Sir emaski, bugun maktabgacha talim tizimini isloh qilishga, uni yanada rivojlantirishga shahsan mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan katta etibor qaratilmoqda. Bu borada, alohida vazirlik tashkil qilingani ham so'zimizga isbot bo'la oladi. Sohada bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti, O'FA birinchi vice-prezidenti  Umid Ahmadjonov ham Olimpiya harakatini rivojlantirishni eng quyi bo'g'in - maktabgacha talim muassasalaridan boshlashni maqsad qilib qo'ygan. SHu munosabat bilan Milliy olimpiya qo'mitasida ertamiz egalari hisoblangan yosh bolakaylar uchun "Kelajagimiz umidlari" yangi loyihasi ishlab chiqildi. Bugun ana shu loyiha doirasida Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan 38-sonli maktabgacha talim muassasasi tarbiyalanuvchilari Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurishdi.


DAN xodimlari kuzatuvida Qo'mitaga etib kelgan bolajonlarni dzyudo bo'yicha uch karra Olimpiya o'yinlari sovrindori, ikki karra jahon chempioni Rishod Sobirov, kurash bo'yicha ikki karra jahon chempioni, yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari g'olibi SHuhrat Arslonovlar kutib olishdi. Yosh bolakaylar eng avvalo Olimpiya qo'mitasi binosida joylashgan muzeyda mehmon bo'lishdi. Ularga Olimpiya o'yinlari tarixi, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida O'zbekistonlik sportchilarning ishtiroki va erishgan natijalari, mashhur sportchilarimiz haqida so'zlab berildi. Ular Olimpiya qo'mitasi muzeyida saqlanadigan turli esdalik sovg'alarini o'z ko'zlari bilan ko'rishdi.


Muzeyga sayohat yakunlanganidan so'ng bolajonlarga o'zbek sporti yulduzlari - Rishod Sobirov va SHuhrat Arslonovlar tomonidan Milliy olimpiya qo'mitasining maxsus sovg'alari topshirildi. 

Jahon chempionlari bolakaylar bilan muloqot qilishdi. Ularning sportga qanchalik qiziqishlari, qaysi sport turlari bilan shug'ullanish istaklari borligi xaqida so'rashdi.  Sport va sog'lom turmush tarzi har qanday insonning kamol topishida, jamiyatimizda o'z o'rniga ega bo'lishida muhim o'rin tutishi xaqida so'zlab berishdi.


SHundan so'ng bolakaylar o'zbekistonlik sportchilarning Olimpiya o'yinlaridagi muvaffaqiyatlari aks etgan maxsus videolavhani katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Tadbir yakunida sport yulduzlari va bolakaylar esdalik uchun suratga tushishdi.


Qisqacha qilib aytganda, bolajonlar Milliy olimpiya qo'mitasidan bir olam taassurotlar bilan ortga qaytadigan bo'lishdi. Ajab emaski, kelajakda ular orasidan ham bo'lajak Rishod Sobirovlar, SHuhrat Arslonovlar va Olimpiya o'yinlari chempionlari etishib chiqsa! Zero kelajak bugundan boshlanadi.

Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu loyihani muntazam ravishda davom ettiradi va navbatdagi tadbirlarda nafaqat maktabgacha talim muassalari, balki mehribonlik va muruvvat uylari, jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar maxsus maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari ham ushbu akciyaga taklif etilishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing