So’nggi yangiliklar

19:04Фомин Тенерифе Челленжерининг илк босқичида дунёнинг 178-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 18:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойни йирик ҳисобда таслим қилди 0 18:17Промоутер Бивол ва Бетербиев ўртасидаги учинчи жанг муддати ҳақида гапирди 0 17:52Музаффарбек Тўрабоевда янги унвон + ФОТО 0 17:27Гэтжи қандай ҳолатда Порье билан трилогия амалга ошиши мумкинлиги айтди 0 17:05Ямайка терма жамоаси сардорининг "Динамо" билан келишуви амалга ошмади 0 16:39Чимаев вазн ташлашдан чарчагани ва вазнини ўзгартириши мумкинлиги айтилди 0 16:16UFC P4P рейтинги янгиланди. Волкановски юқорилади, Махачев ҳамон пешқадам 0 15:52Шавкат Раҳмонов нега иккинчи маротаба операция қилинди? Мураббий жавоб берди 0 15:28Расман: Бензема — "Ал Ҳилол" футболчиси 0 15:05Царукян Хабиб Нурмагомедов уни қўллаб-қувватлаган лаҳзани эслади 0 14:41Исроил Мадримовнинг вазнида чемпионлик жанги анонс қилинди 0 14:20UFC рейтинги янгиланди: Шавкат Раҳмонов рейтингдан чиқарилди 0 13:57"Атлетико" ҳужумчи сотиб олганини эълон қилди 0 13:36Таэквондочиларимиз "Fujayrah Open" турнирида жами 14 та медаль жамғаришди 0

27 iyu 19:50
Yangiliklar

Tadbirlar

Milliy olimpiya qo'mitasida Osiyo o'yinlari oldidan matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun, 27 iyul kuni Milliy olimpiya qo'mitasida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun yana sanoqli kunlardan so'ng Indoneziyada start oladigan XVIII Osiyo o'yinlariga bag'ishlangan  matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov jurnalistlarni qiziqtirgan bir qator savollarga javob qaytardi.

Kutilayotgan medallar

Yakkakurash sport turlaridan medallar shodasini kutamiz. SHuningdek, Osiyo chempionatida muvaffaqiyatga erishgan futbolchilarimizga ham ishonamiz. Bir necha sport turi bo'yicha Osiyo o'yinlarida ilk marotaba ishtirok etyapmiz. Ulardan ham umidimiz katta. O'yinlarda oldimizga katta maqsadlar qo'yganmiz. Har bir sportchimizga ishonamiz.

Terma jamoa azolari bugungi kunda nima bilan band?

Ayni paytda Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan barcha sportchilarimiz o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etishmoqda. Osiyo o'yinlariga zo'r berib tayyorlanishmoqda. O'zgarishlar? Ha, bir necha sport turida tarkib bo'yicha o'zgarishlar bo'lishi mumkin. CHunki terma jamoada raqobat katta. Eng kuchlilarini tanlab olinadi va ularni musobaqaga olib boramiz.

Sportchilarimiz geografiyasi haqida

Terma jamoada faqat Toshkent shahri sportchilari emas, butun Respublikamizdan sportchilar bor. Bungacha keng miqyosdagi saralash bahslari o'tkazilgan. Ular orqali sportchilar terma jamoaga jalb qilingan. Federaciyalar aynan ularga ishonayotgani uchun ham musobaqaga o'sha sportchilar borishadi. Barcha yig'inlar, natijalar, ko'rsatkichlar tahlil qilingan. Ana shundan keyin bir qarorga kelindi.

Indoneziyada mashg'ulot olib borish bo'yicha muammolar bo'lmaydimi?

Har bir mamlakat delegaciyasi Osiyo o'yinlarida eng yaxshi sharoitlarda mashg'ulotlar o'tkazishga harakat qiladi O'z navbatida, O'zbekiston terma jamoasi ham qitamizning eng nufuzli musobaqasiga jiddiy tayyorgarlik ko'rib qo'ygan. Indoneziyada sportchilarimizning mashg'ulot olib borishlari uchun ham sharoitlar etarli bo'ladi. O'yinlar boshlangunga qadar har bir terma jamoa mashg'ulot zallarini band qilib qo'yadi. Masalan, O'zbekiston terma jamoasi uchun 15:00 dan 17:00 gacha boks zali band qilib qo'yildi. Rejaga binoan o'sha vaqtda faqat bizning sportchilarimiz mashg'ulot o'tkazishi mumkin bo'ladi. Bu kabi masalalarning barchasi tashkiliy qo'mita jadvaliga kiritilgan. Barchasi rejalashtirib qo'yilgan bo'ladi va muammo bo'lmaydi. Tashkiliy qo'mita tomonidan barcha sharoit yaratib berilgan.


Terma jamoamiz sportchilarining tayyorgarligi

Ayni paytda Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan barcha terma jamoalarimiz tayyorgarlikning yakuniy bosqichini olib borishmoqda. Murabbiylar o'z strategiyasiga ko'ra ishlashda davom etishmoqda. Sportchilarimizning aksariyat qismi jismoniy tayyorgarlikni maromiga etkazib bo'lishdi. Ayni paytda kimdir texnik va taktik tayyorgarlik olib borayotgan bo'lsa, yana kimdir ruhiy tayyorgarlikka etibor qaratgan. Hullas, tayyorgarlikning so'nggi bosqichi qizg'in pallaga kirgan.

Sportchilarni taqdirlash masalasi

Yaqin kunlarda bu borada hukumat qarori elon qilinadi. Sovrindorlarga mukofot pullari albatta beriladi. Qancha miqdorda ekanligi hozircha sir bo'la qolsin. Ammo, shuni aytishim mumkinki, bu safargi Osiyo o'yinlarida etibor har qachongidan ham yuqori darajada bo'ladi. Tabiiyki natijalar ham shunga yarasha bo'lishini kutayapmiz.




Paralimpiyachilarimiz ham jiddiy tayyorlanishadi

ParaOsiyo o'yinlariga ham tayyorgarlik davom etmoqda. Ayni paytda terma jamoalarimizda selekciya ishlari olib borilmoqda. O'yinlarda engil atletika, dzyudo, suzish, pauerlifting kabi sport turlarida ishtirok etishimiz aniq.

O'smirlar Olimpiadasi haqida

Buenos-Ayresdagi III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga hozircha 30 ta licenziya naqd qilganmiz. Yana 7 ta licenziya qo'lga kiritilishi kutilmoqda. Ular ham ayni paytda yig'in o'tkazishmoqda va jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. Osiyo o'yinlarida ham, o'smirlar Olimpiadasida ham "Muhimi g'alaba emas, ishtirok" shiori ostida emas, balki astoydil sovrinlar uchun kurashamiz.

Jamoaning kayfiyati qanday?

O'rinli savol. Biz shunday reja ishlab chiqqanmizki, unda sportchilarning ruxiy kayfiyatini ko'tarishga alohida etibor qaratiladi. Ular o'z muammolarini esdan chiqarib, yuqori maqsad yo'lida kurashga chiqishlari kerak bo'ladi. Musobaqa davomida ham ular qo'llab-quvvatlanadi. 2019 yildan boshlab har bir sport turiga alohida psixolog biriktiriladi. Ular sportchi bilan alohida dastur asosida ishlaydilar. Bu ham natijalar samaradorligiga o'zining ijobiy tasirini o'tkazishi shubhasiz.




Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing