So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

13 avg 18:44
Yangiliklar

Tadbirlar

Milliy Olimpiya qo'mitasida yakkakurash sport turlari federaciyalari rahbarlari bilan profilaktika tadbiri o'tkazildi

Sportchining muvaffaqiyati, uning Respublika va xalqaro miqyosdagi yutuqlari zamirida nafaqat tinimsiz mehnat va omad, balki boshqa bir omillar ham yotadi.

Birinchi navbatda u sport bilan shug'ullanish uchun ruxiy tomonlama tayyor bo'lishi lozim. Sport bilan professional tarzda shug'ullanadigan atletlar, ayniqsa yakkakurashchilar o'zini nazorat qila bilishi, turli provokaciyalarga uchmasligi, ruxiy tomonlama mukammallikka erishgan bo'lishi shart. Sir emaski, professional sportchi asosiy vaqtini oilasi, ota-onasi bilan emas, ko'proq murabbiyi bilan o'tkazadi. Bu esa murabbiylarning masuliyatini yanada oshirishi shubhasiz.

Bugun, 13 avgust kuni Milliy olimpiya qo'mitasida profilaktik yig'ilish tashkil qilindi. Unda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar Bosh boshqarmasi masul xodimi Umid Qurbonov, Milliy olimpiya qo'mitasi departament bosh mutaxassisi Sardor Toshxo'jaev, yakkakurash sport turlari federaciyalari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Profilaktika tadbirida sportchilarni to'g'ri yo'nalishda tarbiyalash, ularning turli qing'ir yo'llarga kirib ketishini oldini olish, bu borada sport federaciyalari va murabbiylar masuliyatini oshirish lozimligi qayd etildi.

Sportchida yuzaga keladigan nohush holatlar uchun federaciyalar va murabbiylar masul ekanligi, bu borada nazoratni yanada kuchaytirish lozimligi aytildi. Bordiyu, kelajakda sportchi bilan bog'liq nohush holatlar ro'y beradigan bo'lsa uni nazorat qilmagan murabbiyning licenziyasini olib qo'yish jazosi ham qo'llanilishi mumkinligi bo'yicha fikr va mulohazalar bildirildi.



Tadbir davomida shuningdek, sportchilar terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan so'ng o'z holicha tashlab qo'yish kerak emasligi, ularga murabbiylik bilan shug'ullanish imkoniyatini yaratib, kelajakda yangidan-yangi chempionlarni tarbiyalash lozimligi aytildi.

Aslida yakkakurashchi vatan himoyachisidek sharafli kasb egasiga tenglashtiriladi. Ammo, ularga to'g'ri yo'nalish berilmasa jamiyat uchun bu havfli ko'rinishga olib kelinishi mumkinligi takidlandi. Bu borada turli misollar keltirib o'tildi.

Yig'ilish yakunida tajribali murabbiylar sportchilarni nazoratsiz qoldirish, manaviy qoloqlikda tarbiyalash yomon holatlarga sabab bo'lishi haqida turli voqealarni gapirib berishdi. Ro'y berishi mumkin bo'lgan yoqimsiz hodisalarni oldini olish borasida o'z takliflarini bildirib o'tishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing