24 sen 09:12
        Yangiliklar	
	
				
				    Tadbirlar			    
				 
				
			 
				Mingbuloqda ommaviy sport tadbiri o'tkazildi + FOTO
Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida “Sog'lom hayot uchun” shiori ostida aholi orasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommaviyligini taminlash maqsadida sog'lomlashtirish tadbirlari bo'lib o'tmoqda.
			Xususan, Namangan viloyatining Mingbuloq tumanidagi markaziy stadionida ham “Sog'lom hayot uchun 5000 qadam” shiori bilan ommaviy sport tadbirlari o'tkazildi.
Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va uning Mingbuloq tuman bo'limi, Mingbuloq tuman hokimligi va keng jamoatchilik hamkorligida o'tkazilgan mazkur sog'lomlashtirish tadbirida 350 nafarga yaqin yoshlar va keksalar ishtirok etishdi.
Bu kabi ommaviy sport tadbirlari viloyatning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.




Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar