So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

03 noy 07:33
Yangiliklar

Tadbirlar

Mintaqaviy forum mavzulari qiziqarli munozaralar bilan o'tdi

Teglar :  MOQForum
Xabar berganimizdek, poytaxtimizda MDH, Boltiqbo'yi va Gruziya MOQ rahbariyati ishtirokida mintaqaviy forum bo'lib o'tdi.

Tadbirning ikkinchi yarmida ishtirokchilarning maruza va taqdimotlari bo'yicha qiziqarli munozaralar o'tkazildi.

Ular orasida Qirg'iziston MOQning birinchi vice-prezidenti Kanat Amankulovning “Ko'chmanchilar o'yinlari”, “Osiyo bolalari” o'yinlari xalqaro qo'mitasi vice-prezidenti Marat Barievning mazkur tashkilot faoliyati, Rossiya MOQ Bosh kotibi Vladimir Sengleevning “Rossiya Federaciyasi sport jamoat birlashmalari faoliyatida pandemiya (COVID-19)ning salbiy oqibatlarini kamaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”, Litva MOQ prezidenti Dayna Gudzinevichutening “Evropa Olimpiya qo'mitasi faoliyatiga MOQlarini jalb qilishning yangi yondashuvlari” kabi mavzulardagi chiqishlar ko'pchilikning diqqat-markazida bo'ldi.

Forum davomida Rossiya, Ukraina, Latviya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog'iston MOQ vakillari ham mintaqamizda sportini hamjihatlikda rivojlantirish va boshqa mavzularda qiziqarli taqdimotlarini namoyish qilishdi.

Yakunda Forum koordinatori kun davomida qilingan maruza va taqdimotlar bo'yicha o'z fikrlarini bildirib, ishtirokchilarni bu bo'yicha keng munozaraga chorladi. Qatnashchilar mavzular bo'yicha turli fikrlar bildirdilar va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish borasida fikr almashishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing