26 iyu 15:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Mirafzal Ahtamovning LFA'dagi jangi sentyabr oyiga qoldirildi
Yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi, AQSHning LFA MMA ligasida faoliyat olib borayotgan Mirafzal Ahtamovning jangi kechiktirildi.
Hamyurtimiz 2 avgust kuni AQSHning Nyu-York shtati, Salamanka shahrida bo'lib o'tadigan LFA 189 turniri doirasida amerikalik Jeffri Kreyg bilan to'qnash kelishi zarur edi. Biroq Mirafzalning xabar berishicha, raqibining jarohat olgani sababli jang kechiktirilgan.
"Meni har tomonlama qo'llab-quvvatlab turgan yaqinlarimga va homiylarimga katta rahmat. Raqibim jarohat olgani tufayli jangim 13 sentyabr kuniga qoldirildi", deb yozdi Ahtamov o'zining Instagram sahifasida.
Avvalroq, Mirafzalning mazkur jang uchun Florida shtatida joylashgan dunyoga mashhur "Kill Cliff FC" mashg'ulotlar zalida shug'ullanayotgani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar