28 iyu 11:53
Yangiliklar
Mirafzal Axtamov: "Tezroq UFC'ga o'tishim uchun bitta chiroyli jang va g'alaba kerak"
U 2 avgust kuni AQSHning Nyu-York shtati, Salamanka shahrida bo'lib o'tadigan LFA 189 turniri doirasida amerikalik Jeffri Kreyg bilan to'qnash keladi.
Bo'lajak jang oldidan Mirafzal Axtamov olamsport.com muxbiri bilan suhbatda Dana Uayt davogarlar seriyasida jang qilishi mumkinligi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Menejerim SHon SHelbi bilan aloqada bo'lib turibdi. Dana Uaytning davogarlar seriyasi avgust oyidan oktyabrga qadar davom etadi. LFA bilan shartnoma qilganimizning sababi, bu bizga zaxira varianti bo'ladi. Agar davogarlar seriyasidan jang ola olmasak, LFA'da jang qilaman.
Agar DWCS jang bersa, LFA'dagi jangimni bekor qilib, davogarlar seriyasida ishtirok etaman. Tezroq UFC'ga o'tishim uchun hozir menga bitta chiroyli jang va g'alaba kerak. Raqibim aniq, u amerikalik. Jang 2 avgust kuni Nyu-Yorkda bo'ladi", dedi Axtamov.
Fikrlar