30 iyu 10:11
Yangiliklar
Og'ir atletika
Miraziz Mirsobirov Osiyo chempionatining sovrindoriga aylandi
Hindistonda o'tayotgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi ilk medalini qo'lga kiritdi.
-55 kg vazn toifasida o'smirlar o'rtasidagi bahslarda ishtirok etgan Miraziz Mirsobirov kumush medalga sazovor bo'ldi.
Hamyurtimiz ushbu muvaffaqiyatga siltab ko'tarish mashqida erishdi. Mazkur yo'nalishda u 125 kg bilan ikkinchi natijani ko'rsatdi. Afsuski, ikki kurash hisobida yurtdoshimiz sovrindorlar qatoridan joy ololmadi.
1. K. Duong (Vetnam) — 240 (105+135kg) kg
2. Sanapathi Guru (Hindiston) — 229 (104+125) kg
3. Mitei Tomchou (Hindiston) — 228 (103+125kg) kg
4. Mirsobirov Miraziz (O'zbekiston) — 227 (102+125kg) kg
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar