19 mar 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Mirazizbek Mirzaxalilov uch yillik tanaffusdan so'ng prof ringga qaytmoqda
CHarm qo'lqop ustamiz yurtimizda tashkil etiladigan boks oqshomida o'z jangini o'tkazadi.
Hamyurtimiz 11 aprel kuni Farg'ona shahridagi "Samo" sport majmuasida o'tkaziladigan prof boks oqshomi doirasida ringga ko'tariladi.
Hozircha Mirazizbekga ushbu turnirda kim raqiblik qilishi haqida xabar berilmagan.
Malumot uchun, 31 yoshli Mirzaxalilov prof faoliyati davomida hozirgacha 4 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. U o'zining oxirgi jangini 2023 yilda o'tkazgan edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar