01 avg 13:48
Yangiliklar
Tennis

Mirra Andreeva Monreal WTA 1000 startidayoq yutqazib qo'ydi
Dunyoning beshinchi raketkasi uchun Kanadada o'tkazilayotgan nufuzli tennis turniri omadsiz yakunlandi.
Rossiyalik 18 yoshli iqtidori egasi ilk uchrashuvdayoq reytingning 32-pog'onasida borayotgan amerikalik Makkartni Kesslerga imkoniyatni boy berdi - 6/7(5), 4/6. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Mirra Andreeva 102 daqiqa davom etgan bahsda 6 ta breykka erishgan bo'lsa-da, yakunda Kessler g'alabani ilib ketdi. Kessler endi Monreal turnirining keyingi davrasida ukrainalik Marta Kostyukka qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar