24 avg 17:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Misha Teyt va Ketlin Vieyra to'qnashuvi oktyabrdagi UFC turnirining asosiy jangi bo'ladi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Misha Teyt o'zining navbatdagi jangini 16 oktyabr kuni Las - Vegasda UFC Fight Night turnirida Ketlin Vieyraga qarshi o'tkazadi.
Vaziyatga yaqin bo'lgan manbalarning xabar berishicha, bu duel kechaning asosiy voqeasi bo'ladi.
SHu yilning iyul oyida 35 yoshli Misha Teyt besh yillik tanaffusdan so'ng faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirib, Marion Renoni uchinchi raunda texnik nokaut bilan mag'lub etdi.
29 yoshli Ketlin Vieyra esa fevral oyida Yana Kunitskayaga hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazib, mag'lubiyatga uchraganidan keyin ilk bor oktagonga qaytadi.
Ketlin Vieyra va Misha Teyt hozircha UFC'ning ayollar vazn toifasida ettinchi va sakkizinchi o'rinlarda bormoqda.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar