So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

07 mar 10:27
Yangiliklar

Boks/MMA

Mishel Soro Madrimov - Kurbanov jangiga munosabat bildirdi

Isroil Madrimovning vaznida chempionlik kamari uchun sobiq davogar Mishel Soro bokschilarning ertangi jangdagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

Xabaringiz bor, ertaga Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida navbatdagi professional boks oqshomi o'tkaziladi. Uning doirasida hamyurtimiz Isroil Madrimov rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi ringga ko'tariladi. Jang g'olibi vakant bo'lib turgan WBA kamarini qo'lga kiritadi.   

"Men butun vujudim bilan Madrimovning g'alabasiga ishonyapman. U haqiqiy jentlmen va chempion. Isroil Kurbanovdan har tomonlama yaqqol ustun va kuchli. Ishonchim komil, u firibgar Magomedni dodini berib qo'yadi. Aslida bu chempionlik jangida men ringga chiqishim kerak edi. Mening Kurbanovga qarshi kechgan jangimdagi korrupciya botqog'iga botgan hakamlar ertaga bo'lmaydi. Magomedga endi hakamlar yordam bera olmaydi. Isroil, senga omad tilayman. Kurbanovni "yo'q" qil va keyin men bilan jang o'tkaz", - dedi Soro.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning may oyida Rossiyada o'tgan boks oqshomida Kurbanov hakamlarning yordamida Soroni mag'lubiyatga uchratgan edi. Buni o'shanda hatto rossiyalik jurnalistlar ham aytishgandi. Madrimov va Soro esa shu kungacha ikki bor to'qnash kelgan. Toshkentdagi jangda Madrimov texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan bo'lsa, Londondagi jangning ikkinchi raundidan keyin Mishel qoshi yorilgani uchun bahsni davom ettira olmagandi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing