So’nggi yangiliklar

20:33"Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, иккинчи ўринга кўтарилиб олди 0 20:12VI Ислом бирдамлиги ўйинлари. Эркин курашчиларимиз делегациямизга яна иккита медаль тақдим этишди 0 19:21Мария Тимофеева Люксембург турнирида 1/4 финалга чиқди 0 19:00Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистонлик спортчиларнинг иштирокидан ОНЛАЙН 0 18:44ЖЧ-2026 Қитъалараро плей-оффга қуръа ташланди: саралашда 18 ўйиндан 10 тасида ютқазган Боливияда ҳам ҳали имкон бор 0 18:23Дзюдочиларимиз Белградда ўтказиладиган Чемпионлар Лигасига йўл олишди 0 18:02Уч нафар боксчимиз Россиядаги проф бокс оқшомида жанг қилади 0 17:41UFC Асу Алмабаев иштирокидаги жангга ўзгартириш киритди 0 17:20Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими? 0 16:59Тошкент мезбонлик қиладиган сузиш бўйича Жаҳон кубоги саналари эълон қилинди 0 16:38Рақибсиз қолган Шамил Газиевга жангга уч кун қолганда янги рақиб топиб беришди 0 16:17Фабио Уордлининг илк чемпионлик ҳимоя жанги қачон ўтказилиши айтилди 0 15:56"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди 0 14:53Рапирачиларимиз жамоавий баҳсларда финалга чиқишди. Шпагада эса аламли мағлубият 0 14:32Иэн Гэрри: "Махачевнинг мен фойдаланадиган "тешик"лари бор" 0

10 okt 15:53
Yangiliklar

Boks/MMA

MMA. Markaziy Osiyo chempionatida 10 ta vazndan 7 tasida yakkakurash ustalarimiz g'alaba qozondi

Teglar :  MMANukus
Hozirgina Qoraqalpog'istonning Nukus shahrida MMA bo'yicha Markaziy Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.

Finallarda qayd etilayotgan natijalar bilan ushbu sahifa orqali onlayn tarzda tanishib borishingiz mumkin bo'ladi. 


Etiboringiz uchun rahmat! Ushbu onlayn matnli translyaciya bevosita Nukus shahridagi "Manej" sport saroyidan amalga oshirildi...


SHu tariqa O'zbekiston terma jamoasi 10 ta vazn toifasidan 7 tasida g'olib bo'lib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Qolgan 3 ta vaznda chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan Qozog'iston terma jamoasi ikkinchi o'rinni egalladi
 

+120.2 kg vazn toifasi

Ixtiyor Xolmurodov (O'zbekiston) – Asadbek Mannonov (Tojikiston)

Oqshomning eng so'nggi va eng og'ir vazn toifasida hamyurtimiz Ixtiyor Xolmurodov tojikistonlik Asadbek Mannonovni 1 daqiqayu 39 soniya ichida bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratib, Markaziy Osiyo chempioniga aylandi.   

Beknur Bekkuli (Qozog'iston) va Hakimjon Ismoilov (O'zbekiston) bronza medaliga sazovor bo'lishdi.

120.2 kg vazn toifasi

Hasanboy Rahimov (O'zbekiston) - Azmuddin Vahobov (Tojikiston)

Hasanboy Rahimov qisqa soniyalarda tojikistonlik raqibi Azmuddin Vahobovni bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratib, Markaziy Osiyo chempioniga aylandi. Konstantin CHernichenko (Qozog'iston) va Fayzullo Mahammatov (O'zbekiston) bronza medallariga sazovor bo'lishdi.



17:34. Navbat Husanboyning egizi Hasanboy Rahimovga etib keldi. Hasanboy Rahimov erkin kurash bo'yicha jahon chempionati sovrindori hisoblanadi. Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritgan, lekin doping sabab Yaponiyaga bormagan edi. 


93 kg vazn toifasi

Husanboy Rahimov (O'zbekiston) - Aleksandr Val (Qozog'iston)

Ikki daqiqayu 40 soniyada Husanboy Rahimov qozog'istonlik Aleksandr Valni muddatidan avval texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi - 5:3!!!

Ushbu vaznda bronza medallar Jamshid Bozorov (Tojikiston) va Ilyos Komilovga (O'zbekiston) nasib etdi.



83.9 kg vazn toifasi

Zokir Mamarasulov (O'zbekiston) – Fariddun SHonazarov (Tojikiston)

Hisobda oldinga chiqib oldik - 4:3. Hamyurtimiz Zokir Mamarasulov tojikistonlik Fariddun SHonazarovni yaqqol ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratib, Markaziy Osiyo chempioni bo'ldi. Sanjar Jaksilikbaev (Qozog'iston) va Axmet Smetullaev (O'zbekiston) bronza medaliga ega chiqdi.



17:18. Ushbu jangdan so'ng O'zbekiston va Qozog'iston yakkakurash ustalari qarama-qarshiligidagi hisob tenglashdi - 3:3.

77.1 kg vazn toifasi 

Munis Mo'minjonov (O'zbekiston) - Bogdan Pshebelskiy (Qozog'iston)

O'zbekiston va Qozog'iston jangchilari o'rtasidagi to'qnashuv g'olibi ekstra-taym, yani qo'shimcha raundda aniqlandi. Uch raundda tenglik kuzatildi. G'olibni aniqlab bergan uch daqiqalikda esa Mo'minjonov aniqroq harakat qildi va yakunda Markaziy Osiyo chempioniga aylandi. Ushbu vaznda Azizjon G'ulomhasanov (O'zbekiston) va Jaksibek Aymaxanov (Qozog'iston) bronza medali bilan taqdirlanadi.


16:39. Hozirgacha o'tkazilgan 5 ta vazn toifasidan 3 tasida qozog'istonlik, 2 tasida esa o'zbekistonlik yakkakurash ustalari g'oliblik shohsupasiga ko'tarilishdi...

16:18. Ayni daqiqalarda dastlabki to'rtta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar safidan joy olgan jangchilarni taqdirlash marosimi o'tkazilmoqda. SHohsupaga ko'tarilayotgan yakkakurash ustalariga medal, diplom va esdalik sovg'alari taqdim etilyapti

70.3 kg vazn toifasi 

Nemat Asadov (Qozog'iston) – Yusuf Aliev (Ozarbayjon)

Qozog'istonlik Nemat Asadov murosasiz kechgan uch raundlik jangda ozarbayjonlik Yusuf Alievni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi va oltin medal sohibiga aylandi. Masud Odinaev (Tojikiston) va Daler Yo'ldoshev (O'zbekiston) Markaziy Osiyo chempionatining bronza medallariga ega bo'lishdi.


65.8 kg vazn toifasi

SHukurjon Rustamov (O'zbekiston) - Oljas Moldagaliev (Qozog'iston)

O'zbekiston va Qozog'iston mamlakatlari yakkakurash ustalari jangida hamyurtimiz SHukurjon Rustamov ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi va Markaziy Osiyo chempioniga aylandi. Bu vaznda bronza medallar Ibrohim G'ofurov (Tojikiston) va yana bir o'zbekistonlik sportchi Farruhjon Olimjonovga nasib etdi.


61.2 kg vazn toifasi

Salaut Kabi (Qozog'iston) - Erkebulan Begasiluli (Qozog'iston)

Ushbu vazn toifasining final jangida qozog'istonlik ikki yakkakurash ustasi o'zaro to'qnash kelishi kerak edi. Lekin Salaut Kabida jarohat bo'lgani bois, Erkebulan Begasiluli jangsiz g'olib deb elon qilindi. Huvaydullo Tabarov (Tojikiston) va Adiguzel Guliev (Ozarbayjon) bronza medal sohibiga aylanishdi. 


56.7 kg vazn toifasi

Jamshid Tillaev (O'zbekiston) - Dastan Jakipbekov (Qozog'iston) 

Murosasiz kechgan final jangida hamyurtimiz Jamshid Tillaev qozog'istonlik raqibi Dastin Jakipbekovni hakamlarning qaroriga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, Markaziy Osiyo chempioniga aylandi. Ushbu vaznda bronza medallari SHuhrat Ismatov (Tojikiston) va Nihad Melikov (Ozarbayjon)ga nasib etdi.  

53.2 kg vazn toifasi: Ersultan SHakenbay (Qozog'iston) - Vohid Zohidzoda (Tojikiston).

Qozog'istonlik yakkakurash ustasi jangda g'alaba qozonib, birinchi Markaziy Osiyo chempionatining ilk g'olibiga aylandi. Tojikistonlik Vohid Zohidzoda kumush, Yoqubjon Safarov (Tojikiston) va hamyurtimiz Odil Sayfiddinov bronza medalini qo'lga kiritdi.


Assalomu alaykum, Nukus shahrida o'tkazilayotgan MMA bo'yicha Markaziy Osiyo chempionatining final kunidan matnli translyaciyani boshlaymiz. 

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing