28 dek 04:22
Yangiliklar
Boks/MMA

MMA yulduzimiz Mahmud Muradov navbatdagi jangini o'tkazdi
CHexiya poytaxti Praga shahridagi O2 arenasida aralash qoidalar bo'yicha XFN oqshomi bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangi hamyurtimiz Mahmud Muradov ishtirokida o'tkazildi. XFN yo'nalishida jahon chempioni bo'lib turgan Muradov polshalik Grjegorj Siviga qarshi oktagonga chiqdi.
Yarim og'ir (-84 kg) vazn toifasida o'tgan jang muddatidan avval yakunlandi. Floyd Meyvezerga tegishli promouterlik kompaniyasi bilan shartnomasi bor hamyurtimiz raqibini uchinchi raundda nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar