25 mar 18:54
Yangiliklar
Boks/MMA

MMAchimiz Avliyoxon Hamidov BRAVE CF promousheni bilan shartnoma imzoladi + FOTO
MMAchimiz Avliyoxon Hamidov BRAVE Combat Federation promousheni bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda sportchi Instagram sahifasi orqali xabar bermoqda.
"Bu faoliyatimdagi katta qadam va ligadagi eng yaxshi o'rinni egallash mening maqsadim",-deya izoh qoldirgan Hamidov.
Eslatib o'tamiz, sportchimiz so'nggi jangida Abu-Dabi shahridagi UEA Warriors turnirida kanadalik Louis Jourdainga qarshi oktagonga ko'tarilib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan.
Olamsport.com sayti Avliyoxon Hamidovga yangi ligadagi maqsadlari yo'lida omad tilaydi.
Havola :
Manba : instagram.com/avliyohon_hamidov
Fikrlar