So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

09 may 09:26
Yangiliklar

Tadbirlar

Mo'g'uliston MOQ Prezidenti O'zbekiston MOQqa tashrif buyurdi

Mo'g'uliston MOQ Prezidenti O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida mehmon bo'ldi

Xabaringiz bor, Toshkent shahrida RADOCA (Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkiloti)ning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tmoqda. SHu munosabat bilan Mo'g'uliston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Zagdsuren Demchigdjav ham ayni paytda yurtimizda mehmon bo'lib turibdi. 

Martabali mehmon O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida ham tashrif buyurdi va o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. MOQda Zagdsuren Demchigdjavni Bosh kotib Jasur Matchanov kutib oldi.

Uchrashuv davomida Mo'g'uliston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti O'zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va bu borada yo'lga qo'yilgan tizimdan o'rganadigan jihatlar ko'p ekanligini takidlab o'tdi.

«Qabul uchun qimmatli vaqtingizni ajratganingizga minnatdorchilik bildiraman. Ayni paytda o'zbek sportida ulkan islohotlar amalga oshirilayotganidan va bu o'z navbatida davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanayotganidan xabarimiz bor. Sizga malumki, Mo'g'ulistonda sport kurashlari, boks va dzyudo sport turlari rivojlangan. Ammo, baribir Olimpiya o'yinlarida O'zbekistonning qayd etgan natijalariga havas qilamiz. Olimpiya harakati rivoji yo'lida siz bilan hamkorlik qilishni istaymiz. Sport sohasida O'zbekistondan o'rganadigan jihatlarimiz ko'p. Yaqindan hamkorlik qilish, aloqalarni mustahkamlash biz uchun katta sharaf bo'lgan bo'lardi», – Mo'g'uliston MOQ rahbari.

SHuningdek, mehmon O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi vakillarini Ulan-Bator shahriga taklif qildi va hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida memorandum imzolash istagi bor ekanligini malum qildi.

O'z navbatida Jasur Matchanov mehmonga yurtimizda davlat tomonidan sportga qaratilayotgan etibor, shart-sharoitlar, sportni yanada rivojlantirish yo'lida ishlab chiqilgan strategiya haqida gapirib berdi.

«O'zbekistonda sport sohasi tubdan isloh qilinmoqda. Aholini qiziqtirish uchun sportga oid har bir tadbirni bayramdek o'tishini taminlashga harakat qilyapmiz. Sportni nafaqat poytaxtda, balki, viloyatlarda ham rivojlantirishga alohida etibor qaratganmiz. Ayni paytda yangi nomlarni kashf etish va iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadida jamoaviy bellashuvlar ham tashkil etilgan. Bu borada tuzgan rejalarimiz va strategiyamiz hukumat tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda. Loyihalarni amalga oshirishda bu muhim omil hisoblanadi. Biz mehmonlarni qabul qilishdan doimo xursand bo'lamiz va hamkorlik qilish uchun doim tayyormiz», – dedi Jasur Matchanov.

Uchrashuv yakunida Jasur Matchanov ananaga muvofiq O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan janob Zagdsuren Demchigdjavga esdalik sovg'asini taqdim etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing