17 apr 19:11
Yangiliklar
Taekvondo
Mohidil O'ktamjonova va Asadbek Samandarov Jahon chempioni!
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da taekvondo WT bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining bugungi kuni terma jamoamizga ikkita oltin medalni taqdim etdi.
Musobaqaning bugungi kunini sportchilarimiz 2 ta oltin medalni qo'lga kiritib, yuqori natijalar bilan yakunlashdi.
Dastlab, qizlar o'rtasida -63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mohidil O'ktamjonova finalda italiyalik Sofiya Frassikani mag'lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo'ldi.
SHuningdek, yigitlar o'rtasidagi -51 kg vazn toifasining chempionlik jangida Asadbek Samandarov tunislik Malek Mokradan ustun keldi.










Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar