03 avg 09:36
Yangiliklar
Sport kurashlari
Moldova terma jamoasi Ruminiyada yig'in o'tkazmoqda
Birin-ketin Evropa mamlakatlari sport kurashchilari uzoq davom etgan koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan karantindan keyin mashg'ulotlarga qaytishmoqda.
Jumladan, yunon-rim kurashi bo'yicha Moldova terma jamoasi shu yil o'tkaziladigan jahon va Evropa chempionatiga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Moldovaliklarning o'quv-mashg'ulot yig'ini Ruminiyaning tog'li hududida o'tkazilyapti.
"Dengiz sathidan 1500 metr balandlikda joylashgan mashg'ulot bazasidamiz. Jismoniy tayyorgarlik hamda chidamkorlik bo'yicha ishlayapmiz. Ochiq havoda ko'p mashg'ulot o'tkazyapmiz. Moldovaga qaytgach, gilamda sparring mashg'ulotlariga etibor qaratamiz", - dedi terma jamoa murabbiyi Mixay Kuku.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar