03 avg 10:45
Yangiliklar
Tennis

Monreal (WTA 1000). Elena Ribakina 1/4 finalga chiqdi
Kanadaning Monreal shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Dunyoning 12-raketkasi bo'lib turgan Elena Ribakina to'rtinchi davrasida WTA reytingida 35-o'rinni egallab turgan ukrainalik Dayana Yastremskayani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 5/7, 6/2, 7/5. Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0.
Ikki soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda Ribakina 7, Yastremskaya 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham etarlicha qo'shxatoga yo'l qo'yishdi - 9 ga 7, Elena "foydasiga". Endi qozog'istonlik tennischi 1/2 final chiptasi uchun boshqa bir ukrainalik ishtirokchi Marta Kostyukka qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar