03 avg 15:18
Yangiliklar
Tennis

Monreal (WTA 1000). Koko Goff 85-raketkaga yutqazib qo'ydi
Kanadaning Monreal shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnirda 1/4 finalchilar aniqlandi.
Dunyoning ikkinchi raketkasi Koko Goff kutilmaganda 1/8 final uchrashuvida WTA reytingida 85-pog'onada borayotgan mezbonlar vakilasi Viktoriya Mbokoga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 1/6, 4/6. Mboko faoliyatida ilk bor Top-10`dagi raqibasini engishga muvaffaq bo'ldi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Oltmish uch daqiqa davom etgan bahsda Goff 1, Mboko 2 ta eys zarbani amalga oshirgan. Viktoriya Mboko asosiy to'rga wild card, yani imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan edi. Endi u 1/4 finalda ispaniyalik Jessika Busas Maneyroga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar