So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

26 dek 18:01
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQ Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari yig'ilishida tashkilotga yangi vice-prezidentlar saylandi

Bugun, 26 dekabr kuni Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov yig'ilishi bo'lib o'tdi. Assambleya davomida tashkilotning 2018 yilgi faoliyati bo'yicha MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov hisoboti tinglandi.

2020 yil Tokioda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlari uchun Qo'mita tomonidan ishlab chiqilgan Strategiya yuzasidan MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov malumot berdi.

SHuningdek, MOQ vice-prezidentlari, Ijroiya qo'mitasi va Bosh Assambleyasi, taftish komissiyasi azolarini saylash va boshqa masalalar muhokama etildi.

Kun tartibidan o'rin olgan eng asosiy masalalardan yana biri tashkilotga vice-prezidentlarni saylash edi. Bungacha MOQ vice-prezidenti lavozimiga jamoatchilik asosida saylangan Alisher Sultanov va Murod Azimovlarning asosiy faoliyatidagi ish hajmi oshganligi, davlat xizmatlari yuzasidan muhim topshiriqlar va davlat ahamiyatiga molik yirik dasturlar ijrosiga masul ekanligini inobatga olib, ushbu lavozimlarga bir nechta nomzodlar o'rganib chiqildi. 

O'rganish natijasida, bugungi o'zbek sporti rivoji va nufuzini oshirishda o'zining mehnati va tajribasini ayamasdan, salmoqli hissa qo'shib kelayotgan O'zbekiston taekvondo (WTF) associaciyasi raisi Ahmadjon Amindjanovich Rahimov hamda Osiyo kurash konfederaciyasi prezidenti Komiljon Ismoilovich Ro'ziev nomzodiga ishonch bildirildi. Qatnashchilar bir ovozdan ushbu nomzodlarni qo'llab-quvvatladilar. SHu tariqa Ahmadjon Rahimov va Komiljon Ro'ziev Milliy olimpiya qo'mitasining vice-prezidenti sifatida faoliyat olib boradigan bo'lishdi.

Komiljon Ro'ziev

Ahmadjon Rahimov

MOQ Ijroqo'mi azolari tarkibi esa quyidagicha ko'rinish oldi:

Umid Ahmadjonov – Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti
Jasur Matchanov – Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi
Ahmadjon Rahimov – Milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti
Komil Ro'ziev – Milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti
Salim Abduvaliev – Milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti
Saida Mahmudova – O'zbekiston stol tennisi federaciyasi raisi
Andrey Abduvaliev – O'zbekiston engil atletika federaciyasi raisi
Xudoyor Ahmedov – O'zbekiston «Rowing and Canoeing» federaciyasi raisi
Alamjon Mullaev – O'zbekiston karate Milliy federaciyasi raisi
Bahrom Gaziev – O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi raisi
Otabek Imomov – O'zbekiston kamondan otish federaciyasi raisi
Aziz Komilov – O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi
Bahodir Ahmedov – O'zbekiston chim usida xokkey federaciyasi raisi
SHahrillo Mahmudov – O'zbekiston og'ir atletika raisining birinchi o'rinbosari
Kozim O'rinboyxo'jaev – O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari
SHoikrom Isroilov – O'zbekiston futbol associaciyasining vice-prezidenti
Eldor Anorboev – O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi bosh kotibi
Igor SHepelov – O'zbekiston tennis federaciyasi bosh kotibi
Ruslan Mustaev – O'zbekiston gimnastika federaciyasi raisi o'rinbosari
Marat Kurbanov – Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi
Ulug'bek Mirhaydarov – O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasi raisi
Komil Yarashev – O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori

So'ngra taftish komissiyasi azolariga nomzodlar tanishtirildi. Unga ko'ra O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori Komil Yarashev, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi bosh hisobchisi Saida Imomgalieva va O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi bosh hisobchisi Surayyo Po'latxo'jaeva taftish komissiyasi azolari sifatida saylandi. Yurtimizda xotin-qizlar sportini rivojlantirish bo'yicha esa O'zbekiston tennis federaciyasi raisi Saida Mahmudova masul sifatida biriktirildi.

Assambleya davomida Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov so'zga chiqar ekan, tashkilotning bugungi kundagi eng asosiy vazifasi Tokio 2020 Olimpiadasida munosib ishtirok etish, har jabhada natijalarni yaxshilash ekanligini aytib o'tdi.

«MOQ Ijroqo'midan har bir sport federaciya rahbarlari, vakillari o'rin oldi. Bundan maqsad barcha bilan hamjihatlikda, bir oila bo'lib ishlashdir. Tokio 2020 Olimpiya o'yinlari bo'yicha muhtaram yurtboshimiz tomonidan katta topshiriqlar berilgan. Kunchiqar yurt mezbonlik qiladigan Olimpiadada Riodagi musobaqada qayd etilgan ko'rsatkichni yaxshilashimiz lozim. Biz Prezidentimizning yonlarida turib, xalqimiz ishonchini oqlaymiz va nasib qilsa Tokiodan yorug' yuz bilan qaytamiz», – dedi MOQ rahbari.

SHu tariqa, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov yig'ilishi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing