05 mar 08:38
Yangiliklar

MOQ Bosh kotibi Gruziya sport vaziri bilan uchrashdi
Delegaciya tarkibidagi mamlakat sport vaziri SHalva Gogoladze O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi.
Mehmon uchrashuv doirasida Qo'mita Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda O'zbekiston Respublikasi Sport vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov bilan ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichlari borasida fikr almashdi.
Suhbat davomida yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik ko'rishda har ikki davlat terma jamoalari ishtirokida qo'shma yig'inlar o'tkazish, mutaxassislar o'rtasida tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv O'zbekiston va Gruziya o'rtasidagi do'stona aloqalarni sport sohasida yanada mustahkamlash muhim ekani va mazkur yo'nalishdagi hamkorlik yangi bosqichga ko'tarilishini ko'rsatdi.
Fikrlar