So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

22 avg 07:43
Yangiliklar

Tokio-2020

MOQ Bosh kotibi Tokio-2020 tashkiliy qo'mita vakillari bilan suhbatlashdi

joriy yilning 24 mart kuni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax va Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe shu yili bo'lib o'tishi belgilangan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini keyingi yilga qoldirish bo'yicha kelishuvga erishishgan edi.

Unga ko'ra, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari 2021 yil 23 iyul – 8 avgust kunlari bo'lib o'tadi. Muddati bir yilga o'zgartirilgan Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlari O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining ham tayyorgarlik rejasini o'zgartirib yubordi. Lekin, qo'yilgan vazifa o'sha-o'sha.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O'zbekiston Respublikasi sportchilarini 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida”gi PQ-2821-sonli qarori ijrosini taminlash shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 15.10.2019 yildagi 01-14/1-2921 sonli 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlari davomida O'zbekiston delegaciyasini qo'llab-quvvatlash uchun muxlislarni jalb qilish va Tokio shahri (Yaponiya)da O'zbekiston kunini o'tkazish to'g'risidagi 11- Majlis bayonlarini bajarish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari tashkiliy qo'mitasi bilan videokonferenc majlis tashkil etildi. Uchrashuvda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi G'ayratbek Fozilov, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari tashkiliy qo'mitasining masul xodimlari ishtirok etishdi.

Majlisda Olimpiada davrida delegaciyamiz vakillari, yurtimizdan boradigan tomoshabinlarga barcha qulayliklarni yaratish, Tokio shahrida ular uchun transport, oziq-ovqat va turar-joy masalalarini hal qilish kabi asosiy masalalar kun tartibidan o'rin oldi. Uchrashuv yakunida MOQ Bosh kotibi tashkiliy qo'mita vakillaridan yuqorida keltirib o'tilgan masalalarda amaliy yordam ko'rsatilishini so'radi. SHuningdek, O'zbekiston tomoni hamkorlik ishlarini doimo davom ettirishga tayyor ekanligini takidladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing