23 sen 09:39
Yangiliklar
Boshqalar

MOQ Bosh kotibi Vengriya elchisi bilan uchrashdi. Futbol terma jamoamiz ushbu mamlakat jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkin
Kecha MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Vengriyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yojef Rojani qabul qildi.
Uchrashuvda sport bo'yicha hamkorlik loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Janob Roja o'zbek sporti so'nggi davrda ulkan o'sishga erishayotganini etirof etgan holda har ikki mamlakatning ushbu yo'nalishdagi aloqalarini mustahkamlashga yordam berishga tayyor ekanini bildirdi. O'z navbatida, Oybek Omilovich jamoaviy va suv sporti turlarida Vengriya tajribasini o'rganish foydali bo'lishini takidladi.
Uchrashuvda futbol bo'yicha terma jamoalar o'rtasida o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazish, qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish, mutaxassislar almashish kabi mavzular ko'rib chiqildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar