So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

20 mar 09:12
Yangiliklar

Tokio-2020

MOQ mutasaddilari XOQ rahbari bilan videomuloqotda bo'lishdi

Teglar :  MOQXOQBax
Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari Tomas Bax bilan videomuloqot orqali gaplashishdi.

Malumki, ayni vaqtda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi koronavirus sabab kun sari yaqinlashib borayotgan Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini o'tkazish bo'yicha jiddiy muammolarga duch kelmoqda. 

Garchi tashkilot bo'lajak musobaqani qoldirmaslikka qaror qilgan bo'lsa ham, bunda Milliy olimpiya qo'mitalari va boshqa xalqaro tashkilotlarning qo'llab-quvvatlashishiga ehtiyoj sezadi. Kecha O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari videomuloqot orqali Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax bilan suhbat o'tkazishdi. 

Suhbatda O'zbekiston tomonidan MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, vice-prezident Azizjon Kamilov, MOQ prezidenti maslahatchisi SHerzod Asatullaev, xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev ishtirok etdi. SHubhasiz, mazkur muloqotning bosh mavzusi koronavirusning Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tasiri bo'ldi. 

“Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotganlarning salomatligi va farovonligi bizning bosh maqsadimizdir. Atletlar, murabbiylar va muxlislarning xavfsizligi va manfaatlarini taminlash uchun barcha choralar ko'rilmoqda. Biz Olimpiya oilasimiz; Bir-birimizni yaxshi va yomon kunlarda qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Ushbu Olimpiya hamjihatligi bizni yagona jamoa sifatida belgilaydi”, – dedi Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax.

Muloqot chog'ida Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) Bosh direktori doktor Huseyn Al Musallam ham mazkur voqelik yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Osiyo Olimpiya Kengashi ham XOQ kabi bir xil yondashuv va siyosatga amal qiladi. SHuningdek, OOKga azo davlatlarning Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli qatnashishiga umid qilamiz. Biz XOQning qarorlarini qo'llab-quvvatlashga tayyormiz”, – dedi Huseyn Al Musallam.

Ushbu bayonot XOQ Ijroiya qo'mitasi, shuningdek, Osiyo mamlakatlarining Milliy olimpiya qo'mitalari tomonidan bir ovozdan maqullandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing