So’nggi yangiliklar

17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0

11 jan 08:54
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov sport federaciyalari va associaciyalar matbuot kotiblari bilan uchrashdi

Malumki, muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimiz istiqboli va ravnaqi yo'lida 5 ta muhim tashabbus qabul qilingan bo'lib, uning ijrosini taminlash borasida katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda.

Ushbu tashabbuslardan biri yurtimizda sportni rivojlantirishga, xususan, yoshlarimizning jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari, aholi o'rtasida ommaviy sportni targ'ib qilishga qaratilgan. Axborot asrida yuqorida sanab o'tilgan vazifalar targ'ibotini ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.

SHu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 4366 sonli qarori matbuot xizmati vakillariga keng imkoniyatlar eshigini ochib berganligini qayd etish lozim. Ushbu qaror ijrosini taminlash yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi tomonidan ham qator ishlar olib borilmoqda. Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida sport federaciyalari matbuot kotiblari bilan sport yangiliklarini yoritish, malumotlarni qayta ishlash, kelgusidagi maqsad va vazifalarni belgilash masalalari bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Milliy olimpiya qo'mitasi prezdenti Rustam SHoabdurahmonov, OAV va jamoatchilik bilan aloqalar departamenti direktori, MOQ prezidenti matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi Zafar Imomxo'jaev, O'zEOAVMA ekspertlar kengashi raisi SHerzod G'ulomov, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist Erkin Ernazarov, “Sport” gazetasi bosh muharriri Mirzahakim To'xtamirzaev, sport federaciyalari matbuot kotiblari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.



Avvalo, Sizlarni yangi Olimpiya yili bilan tabriklayman va bugungi uchrashuvimizda ishtirok etayotganingiz uchun minnatdorchilik bildirib qolaman. Davlatimiz tomonidan sportni rivojlantirishga katta etibor va g'amxo'rlik ko'rsatilmoqda. Xususan, federaciyalarda sport shifokorlari, dietologlar, farmakologlar, psixologlar, matbuot kotiblari kabi ish o'rinlarining paydo bo'lishi va faoliyatini boshlagani bu fikrning dalilidir. O'zbekistonda sport yangi bosqichga ko'tarilmoqda va har birimiz bu jarayonda bevosita ishtirok etmoqdamiz. Biz bir maqsad yo'lida birgalikda harakat qilishimiz kerakligini aytishim lozim. SHundan keyin biz katta rejalarni amalga oshira olamiz. SHuni alohida takidlashni xohlardimki, matbuot kotiblari OAV vakillaridan faol foydalanishlari kerak. Men jurnalistikaning ishi juda masuliyatli ekanini hurmat va ehtirom ila takidlab o'tishni istardim”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

So'ng Mirzahakim To'xtamirzaev so'zga chiqib, federaciya va associaciyalar matbuot kotiblarining professional vazifalari haqida taqdimot o'tkazdi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida kechib, ishtirokchilar yurtimizda sport jurnalistikasining rivojlanishi borasida o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi. “Eng muhimi – yaxshi ishlab chiqilgan reja asosida ishlash va o'z faoliyatini shu tarzda yo'lga qo'yish”, – dedi “Sport” telekanali direktori Zohid Karimov.

SHuningdek, yosh jurnalistlar uchun press-turlar va brifinglar o'tkazish, malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida “Media-lager” tashkil etish bo'yicha takliflar bildirildi.


Takidlash joiz, tadbir davomida yosh matbuot kotiblari va jurnalistlarga ish olib borish bo'yicha kerakli maslahatlar berib o'tildi. SHubhasiz, ustozlarning qimmatli o'giti OAV vakillari uchun o'ziga xos maktab bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing