09 dek 08:49
Yangiliklar
Tadbirlar
MOQ rahbari “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov chim ustida xokkey sportini rivojlantirishga masul etib belgilangan “O'zkimyosanoat” akcionerlik jamiyati Boshqaruvi raisi Jo'rabek Mirzamahmudov bilan uchrashuv o'tkazdi.
Unda MOQ raisi devoni rahbari Mirazam Mirahmedov ham ishtirok etdi.
Muloqot davomida O'zbekiston chim ustida xokkey federaciyasining 2021 yilgi moliyaviy xarajatlarini ko'rib chiqish, terma jamoa azolarining Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarligiga etibor qaratish, yurtimizda ushbu sport turi ommaviyligini taminlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Ochiq va samimiy ruhda o'tgan muloqotda ushbu sport turini yanada rivojlantirish, galdagi xalqaro musobaqalarda vakillarimizning munosib ishtiroki uchun zarur bo'lgan barcha chora-tadbirlar murabbiy va sportchilar ishtirokida ko'rib chiqilishi va ijrosi yuzasidan kelishib olindi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar