So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

31 may 12:09
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQ rahbari sport faxriylaridan maslahat so'radi

Teglar :  MOQTadbirFaxriylar
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida o'tmishning yorqin sport faxriylari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Ushbu uchrashuv sport faxriylari va MOQ prezidenti o'rtasida tashkil etildi. Unda tashkilot qoshida sport faxriylari, taniqli olimlar va arboblardan iborat Jamoatchilik Kengashini tuzish va ular bilan hamkorlikda ishlash borasida suhbat bordi.

Uchrashuvda Rustam SHoabdurahmonov sport faxriylarining sog'lom turmush tarzi va sport ommaviyligini oshirish borasida tutgan o'rni xususida to'xtalib o'tdi.

- Sizlar o'zbek sportining “Oltin genofondi” sanalasiz. MOQ qoshida tuziladigan Jamoatchilik Kengashi o'zbek sportini yangi bosqichga olib chiqishda katta yordam beradi. Biz sizning boy tajribangizdan foydalanishimiz kerak. Orangizda sportimiz taraqqiyotiga, uning bugungi zafarlariga tamal toshini qo'ygan mutaxassislar bor. Hozirda barcha sport federaciyalarida moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash borasida ish boshlayapmiz. Sizlardagi tajriba va ishtiyoq bilan sportimizning shonli tarixini qayta tiklaymiz.

Mazkur uchrashuvda boks, og'ir atletika, qilichbozlik, futbol, sport kurashlari, badiiy va sport gimnastikasi, shuningdek, ilmiy soha yo'nalishlarida shuhrat qozongan avlod vakillari qatorida suv polosi, chim ustida xokkey kabi sport turlarida Sobiq Ittifoq terma jamoasi bilan jahon chempionati, Olimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli qatnashgan sportimiz faxriylari ham qatnashdi.

Takidlash joiz, MOQda bo'lgan yig'ilishda poytaxtimizda istiqomat qilayotgan faxriylargina qatnashdi xolos. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi kelgusida barcha hududlardagi sport faxriylari bilan ham izchil hamkorlikni yo'lga qo'yish, ularning ulkan tajribasidan sportimiz taraqqiyoti va Olimpiya harakati rivoji yo'lida foydalanishni maqsad qilgan.

photo5440620037066041996.jpg

photo5440712632265976532.jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing