So’nggi yangiliklar

19:06"Реал" ёки "Барса"? Жавоҳир Синдаров қайси жамоага мухлислик қилишини айтди 0 18:45Байдарка ва каноэчиларимиз Осиё чемпионатини юқори нотада якунлашди 0 18:24Mangu 3 турнири Тошкентда ўтказилмайди. Мезбон шаҳар номи маълум 0 18:01"Ювентус" Германия терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда 0 17:39Энтони Жошуа Пренгга қарши жанг анонсига муносабат билдирди 0 17:17ХХХV Спартакиада шоҳсупасида Музаффарбек Тўрабоев, Давлат Бобонов ва бошқалар + ФОТО 0 16:52Инсайдер Конор Макгрегор қачон ва кимга қарши жанг қилиши мумкинлигини айтди 0 16:26Элдор Шомуродов Туркия Суперлигаси тур рамзий жамоасига киритилди 0 16:01Иржи Прохазка Анкалаев билан жанг қилишни истаяпти 0 15:39Чемпион Фомин Shymkent Challenger 2 турниридаги юришини бошлади 0 15:16Муҳиддин Мамажоновнинг кейинги жанги "кулачка"да бўлади (ПОСТЕР) 0 14:51Компани ПСЖ билан учрашувни УEФА вакили назорати остида томоша қилади ва жамоа билан умуман гаплашмайди 0 14:25"Блахович жароҳат олганига ишонмайман. Шунчаки рекордини сақлаб қолишга қарор қилди" - мураббий 0 14:01Ёш хоккейчиларимиз U-18 Осиё Кубогини ғалаба билан бошлади 0 13:39Фьюри ва Жошуа 2026 йилда жанг қилиш учун шартнома имзолади — инсайдер 0

08 jan 20:16
Yangiliklar

Tokio-2020

MOQ rahbari Tokio Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish yuzasidan yig'ilish o'tkazdi

Bir yilga kechiktirilgan Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining startiga ham 200 kundan kam vaqt qoldi.

Yana sanoqli kunlardan so'ng butun dunyo bo'ylab licenzion musobaqalar start ola boshlaydi. SHubhasiz, barchamizni masuliyatli mavsum kutib turibdi. 

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, licenziyalar sonini ko'paytirish, Prezidentimizning Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash, Paralimpiya sport turlarining geografiyasini kengaytirish, sportchilarimizning ishtirokini yanada keng yoritish masalalari bo'yicha MOQning departament rahbarlari va sport federaciyalari (associaciyalar) matbuot kotiblari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi. 

Alohida o'tgan har ikki tadbirni MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va Bosh kotib Oybek Kasimov olib borishdi. Yig'ilishda Tokio Olimpiadasigacha bo'lgan davrning barcha moliyaviy masalalari davlatimiz tomonidan hal qilib berilgani alohida takidlandi.

MOQ mutasaddilari bilan o'tgan uchrashuvda barcha departament direktorlariga o'z yo'nalishlari bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. SHuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda Respublikamiz bo'ylab “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida ommaviy sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil qilish, Yoshlar ishlari agentligi va O'zbekiston yoshlar ittifoqi bilan sportchilarimizni masuliyatli musobaqalarda qo'llab-quvvatlovchi guruhlar tashkil qilish va bu jarayonga yoshlarni keng jalb qilish bo'yicha topshiriqlar berildi. 

MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatovga terma jamoalarimizni yirik xalqaro musobaqalar, licenzion turnirlarga puxta tayyorlash, O'zbekiston Milliy anti-doping agentligi bilan sportchilarimizning tibbiy savodxonligini oshirish, ular istemol qiladigan qo'shimcha biologik mahsulotlarning tarkibini nazorat qilish, mamlakatimiz imijiga xalqaro maydonda putur etkazmaslik masalalari bo'yicha vazifalar yuklatildi.

Matbuot kotiblari bilan o'tkazilgan uchrashuvda ham bu kabi yo'nalishlar qatori Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan Murojaatlarida berilgan topshiriqlarga alohida to'xtalib o'tildi.

“Sportchilarimiz xalqimiz va davlatimiz nomini tanitadigan qahramonlarimiz. Ularni avvalo, o'zimizda mashhur qilishimiz kerak. Messi yoki Ronaldu desa hamma bolalar taniydi. Lekin nega Murodjon Ahmadaliev, Oksana CHusovitina kabi yulduzlarimizni o'zimizda barcha ham yaxshi bilmaydi. Bu bir jihatdan o'zimizning kamchiligimiz. Bizda shunday qahramonlar bor. Ularni xalqimizga yanada tanitish, yoshlarimiz uchun o'rnak sifatida gavdalantirishimiz kerak. Qolaversa, barchangizdan sayt va ijtimoiy tarmoqlaringizda har kuni qiziqarli va original materiallarni ko'paytirishingizni so'rab qolamiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

SHuningdek, uchrashuvda ijtimoiy faollik, tanqidiy maqola va suhbatlar berib borish, Tokio Olimpiadasigacha o'z sport turlari bo'yicha federaciyalarimiz faoliyati, sportchilarimiz ishtirok etadigan yig'inlar va musobaqalarni yoritish, atletlarimizni xalqimizga yanada mashhur qilish bo'yicha OAV bilan ishlash, sport tibbiyoti va boshqa ko'plab yo'nalishlar bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing