So’nggi yangiliklar

14:57Шомуродов? ФИФА ЖЧ-2026 гуруҳ босқичининг энг чиройли голига номзодларни эълон қилди 0 14:23Соболенко "Уимблдон"да ўз дизайнидаги тақинчоқларда ўйнайди + ФОТО 0 13:51Асу Алмабаев UFC’да ноёб ютуққа эришди 0 13:18Усикнинг жамоасида камарларни эгасиз қолдириш қарорини изоҳлади 0 12:39Криштиану Роналду ЖЧ-2026 гуруҳ босқичи якунланганидан сўнг пост қолдирди 0 12:12Жаҳонгир Зокировнинг ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:46Самбо. Осиё-Океания чемпионатини медаллар шодаси билан якунладик 0 11:05Зокиров Zuffa Boxing'даги дебютини нокаутли ғалаба билан бошлади 0 10:17Ўзбекистон миллий терма жамоаси ФИФАнинг янгиланган онлайн рейтингида яхшигина пастлади 0 18:42Шара Буллет: "Яқин орада камарни қўлга киритаман" 0 18:30Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026 плей-офф босқичида ҳайратда қолдириши мумкин бўлган жамоаларни айтди 0 17:58Зубайра Тухугов кейинги жангини UFC'даги собиқ рақибига қарши ўтказади 0 17:19Бизнинг энг нозик нуқтамиз - ...! 0 16:31Рафаэль Физиев BMF камарини кўзламоқда 0 15:45Ҳумоюн Султонов Загреб турнири ғолиби! 0

13 avg 14:37
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQ rahbari Turkiyada Najmiddin Bilol Erdogan bilan uchrashuv o'tkazdi

Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov shu kunlarda xizmat safari bilan Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lib turibdi.

Safar davomida MOQ rahbari Xalqaro Etnosport konfederaciyasi hamda UNESCO yig'ilishida ham ishtirok etdi.

Yig'ilish davomida Turkiya yoshlar va sport vaziri, UNESCO kotibiyati vakili, Butunjahon Etnosport konfederaciyasi rahbari, shuningdek, maxsus maslahat qo'mitasi raisi so'zga chiqdi.

So'ngra Umid Ahmadjonov Butunjahon etnosport konfederaciyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi azosi Najmiddin Bilol Erdogan bilan uchrashdi.


Yodingizda bo'lsa, Erdogan may oyida yurtimizga tashrif buyurgandi. O'shanda tomonlar bir qator masalalar bo'yicha kelishuvlarga erishgandilar. Bugungi uchrashuvda esa tomonlar o'zaro hamkorlikni kuchaytirish, aloqalarni yanada mustahkamlash, kamondan o'q otish sport turiga oid bir qator masalalarni muhokama qilishdi.

Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari ertaga kamondan o'q otish bo'yicha xalqaro "Fotih kubogi" musobaqasini O'zbekistonda tashkil etish bo'yicha muzokaralar olib borishi kutilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing