So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

09 fev 12:14
Yangiliklar

Sport kurashlari

MOQ rahbari yunon-rum kurashchilarimizning mashg'ulotini kuzatdi

Ayni paytda yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi “Dinamo” sport bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda.

MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi sport kurashlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga tashrif buyurib, sportchilarimiz bilan suhbatlashdi. Uchrashuvda SHuhrat Mamadaliev boshchiligidagi O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi mutasaddilari, terma jamoamiz murabbiylari ham ishtirok etishdi.

Ravshan Ro'ziqulov boshchiligidagi jamoamiz oldida bu yil ham katta masuliyat turibdi. Ayniqsa, Xanchjou shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari, Belgradda o'tadigan jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish jamoa oldidagi asosiy vazifa. Rustam SHoabdurahmonov uchrashuvda bunga alohida ahamiyat qaratdi.

Qayd etish joiz, ushbu yig'inda Rio-2016 Olimpiya o'yinlari sovrindori, ko'p karra Osiyo chempioni Elmurat Tasmuradov murabbiy sifatida o'zining ilk qadamlarini tashlamoqda. Yosh sportchilarning esa tajribali atletdan o'rganadigan jihatlari ko'p. Uchrashuv davomida MOQ rahbari har bir sportchimiz bilan alohida suhbatlashib, ularning ijtimoiy muammolari, salomatligi haqida so'radi.

Yig'ilish yakunida Rustam SHoabdurahmonov hukumatimiz atletlarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlayotgani, musobaqalarga tayyorgarlik doirasida barcha sharoitlar yaratib berilishini takidladi.

Suratlar muallifi - Abdullo Fayzullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing