So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

15 jan 07:41
Yangiliklar

Sport kurashlari

MOQ raisi erkin kurashchilarimiz bilan kuch sinashdi FOTOGALEREYA

Teglar :  Sport kurashlariMOQ
Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga sportimiz tarixida ilk bor zamonaviy beshkurash sportida yo'llanma olgan bo'ldik.

Bu kabi natijalarga boshqa sport turlarida ham erishish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. Ayollar kurashi bo'yicha Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish biz ko'zlayotgan ana shunday shunday marralardan biridir.

Anatoliy Ibragimov hamda Arsen SHarashenidze qo'l ostidagi sport kurashlari bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi hozirda Tokio Olimpiadasi uchun yo'llanma beruvchi qitaviy va jahon miqyosdagi licenzion musobaqalarga hozirlik ko'rmoqda.

Sportchilarimizning mashg'uloti “Dinamo” sport majmuasida olib borilmoqda. Bugun MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov ushbu sport bazasiga tashrif buyurib, u erda shug'ullanayotgan kurashchilarimiz bilan uchrashdi.

Tashrif davomida Rustam SHoabdurahmonovga MOQ qoshidagi RSTIAM direktori Abdushukur Sadikov hamrohlik qildi.

Takidlash joiz, hozirda ushbu bazada erkin kurashchilarimiz ham mashg'ulot olib borishmoqda. Uchrashuvda har ikki jamoa vakillari bilan samimiy muloqot o'tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar, echimini topmayotgan bazi masalalar haqida suhbatlashildi.

 MOQ raisi sportchilarimiz bilan gaplashar ekan, hukumatimizning sportni qo'llab-quvvatlashga katta etibor qaratayotgani haqida takidlab o'tdi.

Yakunda MOQ raisi murabbiylarimiz yordamida erkin kurash usullaridan birini o'zida sinab ko'rishga harakat qilgani uchrashuvning etiborli vaziyatlaridan biri bo'ldi.

Erkin kurashchilarimiz yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiya yig'inida davom ettirishsa, kurashchi qizlarimiz Ukrainada o'quv-mashg'ulot yig'inida bo'lishi rejalashtirilgan.

Ushbu yig'inlar aprel oyida Qozog'istonda o'tajak licenzion musobaqa uchun tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing