So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

16 jan 09:40
Yangiliklar

Sport kurashlari

MOQ raisi Gran-pri oldidan kurashchilarimizga omad tiladi

Teglar :  Gran PriMOQ
Ertaga yunon-rum kurashi ustalarini Xorvatiyaning Zagreb shahrida start oladigan Gran-pri turniri kutib turibdi.

Ushbu musobaqa klassik kurashchilarimiz uchun uzoq tanaffusdan keyingi ilk turnir bo'lib, licenzion musobaqaga asosiy tayyorgarlik bosqichi bo'lib xizmat qiladi.

MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov ZOOM platformasi orqali Zagrebda bo'lib turgan sportchi va murabbiylarimiz bilan onlayn muloqot qildi. Onlayn uchrashuvda shuningdek, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi va MOQ mutasaddi vakillari ishtirok etishdi.

“Sizlarni juda muhim start kutib turibdi. Ilohim, musobaqa jamoamiz uchun omadli va muvaffaqiyatli bo'lsin. Kurash muxlislari Sizlarning g'alabalaringizni anchadan beri sog'inib qolishgan. Musobaqada barchangizga omad va zafarlar yor bo'lsin”, – dedi MOQ raisi.

Onlayn muloqotda terma jamoa murabbiyi Ravshan Ro'ziqulov kurashchilarimizning kayfiyati va salomatliklari, oldindagi rejalar haqida gapirib o'tdi. O'z navbatida, Rustam SHoabdurahmonov jamoamizning Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorlanishlari uchun hukumatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilishi haqida takidladi.

Malumot uchun, Zagreb Gran-prisi 16-17 yanvar kunlari bo'lib o'tadi. Musobaqadan so'ng jamoamiz ushbu shaharda 14 kunlik o'quv-mashg'ulot yig'inida bo'lishadi. Hozirda “klassik” kurashchilarimiz hisobida Tokio Olimpiadasi uchun 3 ta yo'llanma mavjud.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing