So’nggi yangiliklar

12:39Криштиану Роналду ЖЧ-2026 гуруҳ босқичи якунланганидан сўнг пост қолдирди 0 12:12Жаҳонгир Зокировнинг ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:46Самбо. Осиё-Океания чемпионатини медаллар шодаси билан якунладик 0 11:05Зокиров Zuffa Boxing'даги дебютини нокаутли ғалаба билан бошлади 0 10:17Ўзбекистон миллий терма жамоаси ФИФАнинг янгиланган онлайн рейтингида яхшигина пастлади 0 18:42Шара Буллет: "Яқин орада камарни қўлга киритаман" 0 18:30Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026 плей-офф босқичида ҳайратда қолдириши мумкин бўлган жамоаларни айтди 0 17:58Зубайра Тухугов кейинги жангини UFC'даги собиқ рақибига қарши ўтказади 0 17:19Бизнинг энг нозик нуқтамиз - ...! 0 16:31Рафаэль Физиев BMF камарини кўзламоқда 0 15:45Ҳумоюн Султонов Загреб турнири ғолиби! 0 14:53Жейрон Эннис энди икки вазн тоифасида жаҳон чемпиони 0 14:04Элдор Шомуродовда рекорд! 0 13:24Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида биринчи бўлишди 0 12:37АҚШ терма жамоасининг Самарқанд мезбонлик қиладиган шахмат Олимпиадаси учун таркиби эълон қилинди 0

23 dek 07:22
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQ raisi o'rinbosari Paralimpiya associaciyasida bo'ldi

Teglar :  MOQParalimpiya
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari Azizjon Kamilov O'zbekiston milliy paralimpiya associaciyasi sport bazasiga tashrif buyurdi.

Unga O'zbekiston Paralimpiya associaciyasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, associaciya rais o'rinbosari SHarifjon Mo'minjonov hamrohlik qildi.  

Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad sportchilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligi, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish edi. Mashg'ulotlarda 40 nafarga yaqin para engil atletika hamda paurlifting bo'yicha terma jamoamiz azolari ishtirok etyapti. Ushbu o'quv-mashg'ulot yig'ini 6-15 fevral kunlari BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadigan para engil atletika bo'yicha xalqaro Gran-Pri musobaqasiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.

Etiborlisi, Dubay turniri Tokioda bo'lib o'tadigan Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma berishi bilan ahamiyatlidir. Terma jamoamiz delegaciyasi 4 yanvar kuni BAAga jo'nab ketadi. MOQ mutasaddilari atletlarimizga bo'lajak musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok tilashdi.

SHuningdek, Azizjon Kamilov paurlifting bo'yicha terma jamoamiz mashg'ulotida ham bo'ldi. Paurliftingchilarimizni ham yangi mavsumda masuliyatli musobaqalar kutib turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing