So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

27 apr 19:19
Yangiliklar

Dzyudo, Tadbirlar

MOQ raisi o'rinbosari Samarqand viloyati hokimi bilan uchrashdi FOTOGALEREYA

Teglar :  Azizjon KamilovMOQ
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov xizmat safari bilan Samarqand viloyatida bo'ldi.

Tashrif davomida Azizjon Yakubjanovich Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov qabulida bo'ldi. Tomonlar suhbat davomida viloyatda sport turlari, xususan dzyudoni rivojlantirish, ommaviy sportga etibor qaratish, bu orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzini yanada qaror toptirish kabi masalalarga alohida to'xtalindi.    

SHuningdek, Tokio Olimpiya va Paralimpiya o'yiglariga yo'llanma olgan viloyat sportchilarining tayyorgarligi, ularning oilaviy sharoitidan xabardor bo'lish, zarurat bo'lsa, yordam berish bo'yicha ham fikr almashildi. 

"Hurmatli Erkinjon Oqbo'taevich! O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi yurtimizda sport taraqqiyoti va Olimpiya harakatiga qo'shayotgan munosib hissangizni yuksak qadrlaydi va hurmat qiladi. Muhtaram Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF–6099-sonli Farmonining elon qilinishi yurtimizda ommaviy sport va sog'lom turmush tarzi targ'ibotining yanada kuchayishiga zamin bo'lmoqda. Joriy yilning yanvar oyidan boshlab mamlakatimiz bo'ylab shaxmat-shashka, voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi va mini-futbol bo'yicha "Sportni sev, sport bilan yasha!" Respublika ommaviy festivali o'tkazilmoqda. Samarqand viloyatida ham ushbu sport tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilyapti. Tokio Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga borishi kutilayotgan terma jamoalarimiz tarkibida samarqandlik sportchilar ham bor. Bu ham albatta viloyatda professional sportga qaratilayotgan etibor mahsuli. Siz rahbarligingizda shuningdek, viloyatda ommaviy va bolalar sportiga ham alohida etibor qaratilmoqda. Buning uchun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan minnatdorlik bildiraman", - dedi MOQ raisi o'rinbosari.   

Uchrashuv so'ngida Erkinjon Turdimovga sportga qaratayotgan etibor, sportchilarni qo'llab-quvvatlayotgani uchun minatdorchilik bildirildi hamda buning ramzi sifatida MOQ va O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan sertifikat topshirildi.

Darvoqe, qo'hna va hamisha navqiron Samarqandga safar davomida Azizjon Kamilov terma jamoamizning aynan samarqandlik dzyudochilari xonadonlariga tashrif buyurdi, bugungi ulug' kunlarda ularning oila azolari bilan dildan suhbatlashdi.

Keyingi manzillar esa Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji, Bolalar-o'smirlar sport maktabi hamda shahardagi 7-umumtalim maktabi bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing