So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

19 iyu 07:05
Yangiliklar

Dzyudo

MOQ vice-prezidenti Azizjon Kamilovni tabriklaymiz!

Bugun butun o'zbek dzyudosi oilasi uchun o'zgacha bir kun!

O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti, jonkuyar va fidoiy rahbar Azizjon Kamilov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda. 

Tan olish kerak, Azizjon Yakubjanovich federaciya rahbarligiga tayinlanganidan so'ng yurtimiz dzyudosidagi islohotlar yanada jonlandi. Dzyudochilarimiz tomonidan xalqaro musobaqalarda qo'lga kiritilayotgan natijalarda ham ijobiy tomonga o'sish kuzatildi. 

SHu yilning o'zida bir yo'la ikki dzyudochimiz Dyusseldorf "Katta Dubulg'a" turnirida oltin medalni qo'lga kiritdi. Bunday natija ancha yillardan beri kuzatilmayotgan edi. O'tgan yilgi Toshkent Gran-prisi ilk bor poytaxtimizdagi ko'p tarmoqli, muhtasham "Humo Arena"da yuqori saviyada tashkil etildi. 

Buni xalqaro ekspertlar ham etirof etishdi. Balki, shuning natijasi o'laroq yurtimizga ilk bor kattalar o'rtasidagi jahon chempionati mezbonligi ishonib topshirildi. Bu kabi muvaffaqiyatlarni uzoq sanash mumkin.       

Fursatdan foydalanib, murabbiylar shtabi, dzyudochilar, umuman, katta o'zbek dzyudo oilasi Azizjon Kamilovni har bir insonning hayotidagi unutilmas va o'zgacha kun - tavallud ayyom bilan chin qalbdan muborakbod etadi. Azizjon Yakubjanovichga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xotirjamlik, farzandlari rohatini ko'rib yurishlarini chin dildan tilaymiz. 

Nasib qilsa, biz birgalikda yana katta yutuqlarga erishamiz. Oldimizda to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi, undan avval esa Jahon chempionati hamda Toshkent Gran-Prisi kutib turibdi. Azizjon Yakubjanovich boshchiligidagi yurtimiz dzyudochilari ushbu musobaqalarda xalqimiz kutayotgan natijalarga erishish uchun astoydil harakat qiladi. 

G'alaba va omad yor bo'lsin! Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing