So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

15 may 19:30
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQda navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi

Milliy olimpiya qo'mitasida navbatdan tashqari konferenciya bo'lib o'tdi.

SAHIFANI YANGILASH

Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O'zbekiston prezidentining fan, talim, sog'liqni saqlash va sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev ham ishtirok etmoqda

Kun tartibi:

-MOQ rahbari Umid Ahmadjonov arizasini ko'rib chiqish

-MOQqa yangi rais saylash

---------

Biroz avval Olamsport.com sayti taxmin qilgan nomzod - Rustam SHoabdurahmonov ham yig'ilishda ishtirok etmoqda.

Yig'ilishda sportda yuzaga kelgan holat, jumladan baydarka va kanoe sporti bo'yicha vaziyat yomon holatda ekanligi takidlandi.

---------

"Rowing and Canoeing" federaciyasi hodimi Tatyana Mamatqulova baydarka va kanoeda bir qator muhim turnirlarga borishga ruxsat berilmaganligi aytildi. 

--------

O'q otish federaciyasi mutasaddilari ham muammolar etarli ekanligi, O'rtasaroydagi o'q otish majmuasi ishi 5 yildan buyon bitmayotganligini alohida urg'ulashdi.

Takidlanishicha, barcha federaciyalardagi moliyaviy masalalar, sportchilarning o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazishi, xalqaro musobaqalarga chiqishini moliyalashtirishni MOQ o'z zimmasiga olgan ekan.

-------

SHuningdek, milliy sport turlariga etibor pasayib ketgani tanqid qilindi belbog'li kurash bo'yicha tajribali murabbiy Azam SHokirjonov bu haqida gapirib o'tdi.

------

Bosh vazir Rustam SHoabdurahmonov nomzodini taklif qildi.

------

Rustam SHoabdurahmonov haqida iliq fikrlar bildirilmoqda. Davlat arbobi, ajoyib menejer, iqtisodchi sifatida tarif berildi R.SHoabdurahmonovga.

------

Vazir o'rinbosari, MOQning sobiq bosh kotibi Oybek Kasimov, shuningdek ham o'zbek tennisi yulduzi Iroda To'laganova ham Rustam SHoabdurahmonov haqida ajoyib fikrlarni bildirishmoqda.

------

RUSTAM SHOABDURAHMONOV O'ZBEKISTON MILLIY OLIMPIYA QO'MITASINING YANGI PREZIDENTI ETIB SAYLANDI!

------

SHu bilan MOQning navbatdan tashqari yig'ilishi yakuniga etdi. Bosh kotib Jasur Matchanov va boshqa vice-prezidentlar hozircha o'z lavozimida qoldi. Yangi rahbar yangi tarkibni o'zi shakllantirish vakolatiga ega. SHu bois, hali yana o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda.

----

Qayd etish lozimki, yig'ilish davomida so'zga chiqqan federaciya vakillari moliyalashtirishda muammolar bo'lganligini aytib o'tishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing